Ko‘rgazma


Saqlash
20:07 / 04.07.2023 0 794

Ko‘rgazma – moddiy va ma’naviy sohadagi faoliyat yutuqlarini namoyish etish vositasi. Ko‘rgazma orqali inson o‘z mehnati samarasini keng ommaga ko‘rsatish, namoyish qilish, tanishtirish va targ‘ib etishga harakat qiladi. Ko‘rgazmalar asosida katta mehnat, tajriba va izlanish yotadi. Unga ancha oldindan tayyorgarlik ko‘riladi. Eng sara ishlar (buyum, san’at asarlari va hokazolar) tayyorlanadi. Ko‘rgazma o‘tkazish vaqti oldindan belgilanib, eksponatlar tartib va did bilan joylashtirib chiqiladi.

 

Ko‘rgazmalar maqsadiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:

1) san’at ko‘rgazmalari: ularda tasviriy va amaliy san’at namunalari namoyish qilinadi. Ular asosan mualliflarning xalqqa ijodiy hisoboti tarzida o‘tkaziladi. San’at ko‘rgazmalari muallif hamda tomoshabinlarga katta ma’naviy oziq berib, estetik zavq bag‘ishlaydi.

2) savdo ko‘rgazmalari: o‘ziga xos reklama vazifasini bajaradi va tijorat maqsadida uyushtiriladi. Savdo ko‘rgazmalarida istalgan buyum va ashyolar (transport, sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish mollari va hokazo) namoyish qilinishi mumkin.

3) ma’rifiy-targ‘ibiy (informatsion) ko‘rgazmalar: bu turdagi ko‘rgazmalarda ilm-fan va ishlab chiqarishdagi yutuqlar namoyish qilinadi. Ular xalqni fan-texnika sohasidagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtiradi.

Bundan tashqari, ko‘rgazmalar: davriy-muntazam (har yili, ikki, uch yilda bir marta va hokazo) va nomuntazam (yubileylar, kongresslar va hokazo); universal (fan, texnika va madaniyat sohalaridagi yutuqlar va mahsulotlar namoyishi) va ixtisoslashgan (bir yoki bir necha yondash tarmoqlarni qamrab oluvchi); milliy, mintaqaviy, xalqaro va hokazolarga bo‘linadi. Ko‘rgazma ma’lum bir maqsadga qaratilgan, xususan, olamni voqea-hodisalarni chuqur va har tomonlama idrok etishga, anglashga qaratilgan bo‘lishi lozim.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 297
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 272
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 622
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 366
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 543
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233078
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112804
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65602
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55341
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49707
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39146
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38262
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37077
“Avesto”

//