Nikolay Kopernik


Saqlash
22:07 / 03.07.2023 0 1553

Kopernik, Nikolay (1473–1543) – buyuk polyak mutafakkiri va astronomi. 1491–1595 yillarda Krakov universitetida tahsil oldi. Universitetda astronomiya va matematika maktablari shakllangan edi. Nikolay Kopernik ushbu maktablar ta’sirida o‘z ilmiy intilish va qiziqishlari doirasini aniqlab oladi. Nikolay Kopernik 1495–1504 yillarda Italiyaning Bolonya, Paduan, Ferrara universitetlarida astronomiya va falsafa, tabbiyot va huquq fanlarini puxta egallaydi, qadimgi yunon tilini o‘rganadi. 1504 yilda Nikolay Kopernik Polshaga qaytdi. “Samoviy sferalarning aylanishi” nomli asarida olamning geliosentrik tizimini asosladi. Uning ta’kidlashicha, Yer olamning o‘zgarmas markazi emas, negaki, u o‘z o‘qi atrofida aylanib turadi. Ikkinchidan, Yer olamning markazida turgan Quyosh atrofida aylanib turgani bois kun va tun almashinadi. Shuningdek, osmondagi biz ko‘rib turgan yulduzlarning holati o‘zgarmasdek tuyuladi (aslida biz ularni nuqtalardan kuzatayotgan bo‘lamiz, xolos). Yer Quyosh atrofida aylanib turgani uchun Quyosh boshqa yulduzlarga nisbatan o‘z o‘rnini o‘zgartirgandek (ya’ni, harakatlangandek), sayyoralar esa halqasimon harakatlanayotgandek ko‘rinadi. Biz sayyoralar harakatini olamning markazida turgan Quyoshdan emas, uning atrofida aylanib turgan Yerdan kuzatayotganimiz uchun ham bu harakat halqasimon shaklda yuz berayotgandek tuyuladi. Yer atrofida esa faqat uning yo‘ldoshi Oy aylanadi, deb xulosa qiladi mutafakkir.

 

Nikolay Kopernik o‘z mulohazalarini falsafiy ta’limot deb atadi. Aftidan, bunga mutafakkirning qadimgi yunon pifagorchilari g‘oyalari bilan tanishgani sabab bo‘lsa kerak. Antik dunyo faylasuflarining ilg‘or g‘oyalari ham Nikolay Kopernik e’tiboridan chetda qolmadi. Nikolay Kopernik asoslab bergan geliosentrizm ta’limoti o‘rta asr dunyoqarashida keng ildiz otgan geosentrizmga barham berdi. Nikolay Kopernik ta’limotining nemis astronomi Iogann Kepler va italyan faylasufi Jordano Bruno tomonidan rivojlantirilishi uning xristian dunyoqarashiga naqadar zid ekanini namoyon etdi. Natijada 1616 yilda mutafakkirning shoh asari taqiqlangan kitoblar qatoriga kiritildi va ikki asrdan ko‘proq vaqt (1822 yilga qadar) e’tibordan chetda qolib keldi. Shunga qaramay, Nikolay Kopernik g‘oyalari olam haqidagi yangi qarashlarning shakllanishida nazariy metodologik asos vazifasini o‘tadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:11 / 21.11.2024 0 150
“Tarif”ning ta’rifi va tarixi

Qatra

17:11 / 21.11.2024 0 399
Yoshlar yomonlanadigan davralarda o‘tirmayman

Bilasizmi?

10:11 / 20.11.2024 0 151
“O‘dag‘a”ning o‘dag‘aylagani

Qatra

21:11 / 11.11.2024 0 223
Moʻjizaning bahosi

Qatra

15:11 / 08.11.2024 0 535
Ota va yetti o‘g‘il hikoyasi

Bilasizmi?

23:11 / 01.11.2024 0 956
“Birpas”mi, “ikkipas”?..



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 218767
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 104500
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 34236
Milliy urf-odatlar

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 27322
Kompetentlik

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 26601
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 25224
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 24910
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 21795
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//