Konformizm


Saqlash
22:07 / 03.07.2023 0 2969

Konformizm (lotincha conformis – o‘xshashlik, mos kelishlik, moslashuvchanlik) – shaxsning xulq-atvori va fikr-mulohazasini boshqa odamlarning talablariga, xulqiga muvofiq bo‘lishi uchun ularga moslashtirishga qaratilgan moyillik, uning mavjud holatga, hukmron qarash va fikr-mulohazalarga moslashuvchanligi, ularga nisbatan sust munosabatni anglatadi. Umumiy qarorlarni qabul qilishda shaxsning faol ishtirok etishini taqozo etadigan, jamoaviy qadriyatlarni singdirib olish va shu tufayli o‘z xatti-harakatlari hamda manfaatlarini jamoa manfaatlari bilan uyg‘unlashtirishni talab qiladigan jamoaviylikdan farqli o‘laroq, konformizm deganda, o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lmaslik, zo‘r ta’sir kuchiga ega andozalarga (masalan, ko‘pchilikning fikr-mulohazasi, tan olingan e’tiborli kishining nuqtai nazari, tarixiy an’ana va hokazo) ko‘r-ko‘rona ergashish, tevarak-atrofdagi voqea-hodisalarga tanqidiy munosabatda bo‘lmaslik tushuniladi. Axloqiy-siyosiy konformizmni psixologik moslashuvchanlik bilan aralashtirib yubormaslik kerak. Chunki, muayyan me’yorlar, urf-odat va qadriyatlarni o‘zlashtirish shaxs ijtimoiylashuvining zaruriy jihati hamda har qanday ijtimoiy tizim samarali faoliyatining kafolatlaridan biridir. Kundalik hayotda konformizm “moslashuvchanlik” ma’nosida qo‘llanadi. Bunda konformizmning mezoni atrof-muhit talablariga shaxsning moslashuvchanligi bilan aynan bir xil ekani tushuniladi. Natijada, shaxs guruh tazyiqi ostida o‘zaro munosabatlarini amalga oshiruvchi, tashqi kuchlarga hamisha tobe inson sifatida tasavvur qilinadi. Shaxslararo munosabatlarda uning mustaqil fikrlashi, qaror qabul qilishi, ongli xatti-harakati, dunyoqarashi, maslagi inobatga olinmaydi. Shu bois hozirgi zamon olimlari tashqi tazyiqqa nisbatan shaxs tomonidan uch xil munosabat bildirilishi mumkinligini ta’kidlashmoqda. Ular qatoriga shaxsning ta’sirlanuvchanligi, ya’ni hech qanday mojarosiz (nizolarsiz) guruh fikrini qabul qilish; ichdan norozi bo‘lgan holda ongli ravishda tashqi ko‘rinishdagi yakdillik alomati, ifodasi; jamoaviy o‘zini o‘zi aniqlash (shaxsning jamoa bilan birdamligi, uning qadriyatlari, me’yorlari, maslaklari va ideallarining shaxs tomonidan ongli ravishda qabul qilinishi) hamda faol himoya qilishni kiritish mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 312
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 420
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 641
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 235047
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 114326
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68247
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57291
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51642
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 40243
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39648
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39535
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//