Konstitutsionalizm


Saqlash
22:07 / 03.07.2023 0 1583

Konstitutsionalizm (lotincha constituo – o‘rnatish) – jamiyat hayotini qabul qilingan qoida va qonunlarga qat’iy rioya etgan holda tashkil etish va boshqarish jarayonini ifoda etuvchi tamoyil. Konstitutsionalizm g‘oyasi faqat jamiyatning qonuniy-huquqiy asoslariga tayanib qolmasdan, balki ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, axloqiy tamoyillarning uyg‘unligini ham ifoda etadi. Boshqacha aytganda, davlat tuzumi, uning tarkibiy tuzilishi, jamiyatdagi umumiy qonun-qoida va talablarning iqtisodiy rivojlanish jarayonlari, insonlarning ma’naviy kamoloti, yuksak axloqiyligi bilan uyg‘unlashgan holda mamlakatning Asosiy qonuni – Konstitutsiyasida aks etishi konstitutsionalizm g‘oyasining mohiyatini aks ettiradi. Bunda jamiyat a’zolarining konstitutsionalizmni, demokratik o‘zgartirishlarni amalga oshirishning tarixiy zaruratini anglabgina qolmay, balki uni chinakam erkinlik, mustaqillik va farovonlik asosi, deb bilishiga erishish muhim ahamiyatga ega. Bu g‘oyani amalga oshirish va uning samaradorligi jamiyat a’zolarining huquqiy madaniyat darajasiga bog‘liq. Chunki, qabul qilingan qonunlar soni emas, balki ularning hech bir istisnosiz ijro etilishi muhimdir. Shuning uchun ham, bir tomondan, konstitutsionalizm huquqiy madaniyatning namoyon bo‘lishi, ikkinchi tomondan, huquqiy madaniyat rivoji sifatida namoyon bo‘ladi. Haqiqiy konstitutsionalizm qonunlar ustuvorligi, inson huquq va erkinliklari darajasi, ijtimoiy-siyosiy kafolatlar xarakteri, ularning umuminsoniy tamoyillarga mosligi bilan belgilanadi. Chinakam demokratiyaga intilayotgan jamiyat o‘z xalqi manfaatlarini, ularning or-nomusi, qadr-qimmati va erkinliklarini konstitutsionalizm g‘oyalariga asosan muhofaza qilishga qodir bo‘lgan taqdirdagina kuchli, qudratli bo‘lgan davlatchilikning huquqiy asoslarini o‘rnatadi. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda konstitutsionalizm g‘oyasiga asoslangan davlat tuzumining demokratik tamoyillari shakllandi. 1992 yil 8 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Bozor munosabatlariga o‘tish, erkin demokratik jamiyat qurishning hozirgi bosqichida hayot talablariga javob beradigan huquqiy-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish mexanizmlari vujudga keldi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 297
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 272
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 622
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 366
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 543
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233078
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112804
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65602
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55341
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49707
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39146
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38262
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37077
“Avesto”

//