Konstitutsiyaviy burch


Saqlash
21:07 / 03.07.2023 0 1866

Konstitutsiyaviy burch – huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish hamda ularning rivojini ta’minlash uchun ado etilishi, bajarilishi majburiy bo‘lgan vazifa va majburiyatlar. Barcha rivojlangan davlatlar konstitutsiyasida fuqarolarning burchlariga alohida o‘rin ajratilgan. Mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasida fuqarolar va davlatning burchlarini belgilashda milliy tarixiy xususiyatlar, rivojlangan mamlakatlar tajribasi inobatga olingan. Konstitutsiyaviy burch O‘zbekiston davlati va fuqarolarining Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan, bajarilishi shart bo‘lgan majburiyatlaridir. Fuqarolarning Konstitutsiyaviy burchlari quyidagilardir: barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan burchlarini bajarishi shart; O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdir; fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini asrab-avaylashga majburdir; madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir; fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdir; fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashga majburdir; O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish – mamlakat har bir fuqarosining muqaddas burchidir; fuqarolar, qonunda belgilangan tartibda, harbiy va muqobil xizmatni o‘tashga majburdir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlatning burchlari ham aniq-ravshan belgilangan. Ular quyidagilardan iborat: davlatning xalq irodasini ifoda etishi, uning manfaatlariga xizmat qilishi, respublika hududida istiqomat qiladigan barcha millat va elat vakillarining tili, urf-odat va an’analari hurmat qilinishini ta’minlashi va boshqa konstitutsiyaviy burchlardan tashqari, Konstitutsiyada aks etmagan, lekin amaldagi qonun va me’yoriy hujjatlarda o‘z ifodasini topgan burchlar ham bor (masalan, ota-onaga hurmat, farzandlarga g‘amxo‘rlik, mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilish va hokazo).

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

14:07 / 15.07.2025 0 485
“Kimsan” aslida kim?

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 545
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 322
Armon bobo

Bilasizmi?

16:07 / 02.07.2025 0 299
Yelib keldi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 227139
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 109179
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 56583
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41861
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 41189
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 32470
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31321
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 31108
Alpomish

//