Konservatizm


Saqlash
21:07 / 03.07.2023 0 1554

Konservatizm (lotincha conservatisme – himoya qilmoq) – lug‘aviy ma’noda: a) taraqqiyotga, yangilikka, ilg‘or g‘oyalarga dushmanlik; b) eskilikni, eski tartib-qoida va tamoyillarni saqlab qolish, tiklashga intilish; v) mavjud tartibot muassasalari va ijtimoiy-ma’naviy qadriyatlarni himoya qiluvchi ijtimoiy-siyosiy ta’limot va siyosiy qarashlar tizimini anglatadi. Shu ma’noda, konservatizm radikalizmning ziddi hisoblanadi. Konservativ g‘oyalar Mestr va Bonald kabi mutafakkirlarning ilmiy ishlarida o‘z ifodasini topgan. Odatda, an’ana va yangiliklar haqida gap ketganda, konservator albatta an’analar tarafdori bo‘ladi. Tadqiqotchilar orasida “konservatorlik tushunchasi bo‘yicha umumiy qarash yo‘q. An’anaviy qarashlarga muvofiq, buyuk fransuz inqilobi davrida jamiyatda bo‘ladigan notinchlikdan aziyat chekkan kishilar qatlami konservator sifatida baholangan. Berk va Mel tomonidan rivojlantirilgan konservatizm g‘oyalari hozirgi kungacha o‘z ta’sirini yo‘qotmagan. XX asrda konservatizm g‘oyasi Germaniyada Myuller Vander Burg tomonidan rivojlantirildi. U sobiq sovet jamiyatini saqlab qolish uchun uringan kommunistlarni ham konservatorlar qatoriga qo‘shadi. Bu konservatizmning asosiy mazmuniga birmuncha to‘g‘ri kelmaydi. Negaki, kommunistlar konservativ emas, balki ko‘proq reaksionerlardir.

 

Konservatorlar jamiyatda o‘zgarish qilishga qarshi emas. Lekin ularni bu o‘zgarishlar qay usul bilan amalga oshirilishi tashvishlantiradi. E.Berk bu haqda bunday deydi: “O‘zgarishga tayyor bo‘lmagan jamiyat o‘zini saqlab qolishga qodir emas”. Konservatizm g‘oyalari rivoji hech qachon bir tekis va silliq kechmagan. Bu haqda E.Berk “Fransiya inqilobi haqida o‘ylar” asarida bunday deb yozadi: 1) din fuqarolik jamiyatining asosi hisoblanadi va siyosiy-ijtimoiy faoliyatdan yuqori turadi; 2) jamiyat – tarixiy rivojlanish mahsuli. Agar jamiyat o‘zgarishga muhtoj bo‘lsa, bu o‘zgarishlar asta-sekinlik bilan amalga oshirilishi kerak; 3) ijtimoiy hayotda odamlarning his-tuyg‘ulari katta ahamiyatga ega; 4) jamiyat shaxsdan yuqori turishi kerak. Shuning uchun shaxsning huquqlari uning burchlari bilan bog‘liq; 5) har qanday jamiyat, eng avvalo, har xil qatlamlar, guruh va shaxslar iyerarxiyasidan iborat; 6) jamiyat va davlatning mavjud boshqaruv usullari yangi, amalda ishlatilmagan usullardan afzaldir. Konservatizm negizida vujudga kelgan neokonservatizm g‘oyalari XX asrning 70-yillarida paydo bo‘ladi. Ammo neokonservatizmning shu kungacha aniq ta’rifi yo‘q. Nyemis faylasufi V.Barindning fikricha, Neokonservatizm turli, ba’zan bir-birini inkor qiluvchi g‘oyalar majmuasidir.

 

Neokonservatizm uch yo‘nalishdan iborat. Birinchi yo‘nalish – libertarizm bo‘lib, uning asosini shaxsning har qanday majburlashdan ozodligi g‘oyasi tashkil qiladi. Ikkinchi yo‘nalish – etnosentrizm asosida madaniyat va etnos o‘rin olgan. Uchinchi yo‘nalish ortodoksal yo‘nalish hisoblanadi. Unga muvofiq, har qanday kelajak avlod o‘zining konservativ g‘oyalarini o‘zi belgilaydi. Nemis olimi Koltenbruner “Mushkul konservatizm” asarida yangi konservatizmning mohiyati: vorisiylik; barqarorlik; tartibot; davlatning obro‘-e’tibori, nufuzi; ozodlik; tushkunlik kabi tushunchalar bilan belgilanishini ta’kidlaydi. Vorisiylik – an’ana va ma’naviy merosni saqlashga xizmat qiladigan moddiy-ma’naviy shart-sharoitlar yaratish zaruratini bildiradi. An’analarni saqlash neokonservator uchun vosita emas, balki maqsaddir. Chunki an’analar jamiyat mavjudligining muhim shartidir. Barqarorlik – inqilobiy o‘zgarishlar sharoitida milliy qadriyat va an’analarni saqlashga qaratilgan. Tartibot – barqarorlik va vorisiylik kafolatidir. Chunki, davlatni boshqarish institutlarining zaiflashuvi tartibsizlik va zo‘ravonlikka olib keladi. Davlatning obro‘-e’tibori va nufuzi – jamiyatni boshqarish va tartib o‘rnatishni ta’minlaydi. Faqat davlat har xil guruhlarning buzg‘unchilik g‘oyalariga qarshi turadigan kuch hisoblanadi. Davlat hokimiyatini kuchaytirish tashqi va ichki ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bilan bog‘liq. Neokonservatorlarning fikricha, odam erkin tug‘ilmaydi. U faqat o‘z imkoniyati chegarasini bilib olganidan so‘ng erksizlikdan ozod bo‘ladi. O‘z erkini anglash obyektiv ijtimoiy munosabatlarga aralashish imkonini tug‘diradi. Neokonservatorlar nazarida, oqilona erkinlik ma’lum darajada obro‘-e’tibor va tartibni talab qiladi. Tushkunlik asosida esa dunyoda adolatli jamiyat qurish mumkinligiga ishonchsizlik yotadi. Jamiyatda mutlaq uyg‘unlik va adolat bo‘lishi mumkin emas. Shuningdek, yomonlikni butunlay bartaraf etish ham mumkin emas. Shuning uchun ikki yomonlikdan zarari kamroq bo‘lganini tanlashga to‘g‘ri keladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 262
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?

Qatra

12:05 / 19.05.2025 0 275
Hammani yig‘latgan vasiyatnoma

Qatra

15:04 / 17.04.2025 0 265
Marhamat aya sog‘inchi

Bilasizmi?

10:04 / 08.04.2025 0 312
Narxning navosi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 224691
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 107672
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 55006
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 39911
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 39728
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31045
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 30501
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 29898
Alpomish

//