Kompyuter madaniyati


Saqlash
21:07 / 03.07.2023 0 1334

Kompyuter madaniyati – odamning o‘z faoliyatida axborot texnologiyalari majmuidan tegishli tarzda foydalana olishi demakdir. Kompyuter (inglizcha to compute, computer – hisoblash, hisoblagich) – hisoblarni bajarish, shu jumladan elektron shakldagi axborotni oldindan belgilangan algoritm bo‘yicha qabul qilish, qayta ishlash, saqlash va ishlov berish uchun mo‘ljallangan texnik qurilma. Dastlab ingliz tilida bu so‘z mexanik qurilmani jalb qilib yoki uning ko‘magisiz arifmetik hisoblarni bajaradigan insonni anglatgan. Keyinchalik uning ma’nosi hisoblash mashinalariga ko‘chirildi. Bugungi kundagi zamonaviy kompyuterlar matematika bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan ko‘plab masalalarni ham bajaradi. XX asrning 90-yillaridan boshlab, kompyuter atamasi elektron hisoblash mashinalari (EHM) atamasini amalda siqib chiqardi. Axborotlashgan jamiyatda odamlar noaniqlik sharoitida, inqirozli vaziyatlarda muhim qarorlar qabul qilishiga to‘g‘ri keladi. Bu masala ajdodlar tajribasi kamlik qiladi. Odamlar vaziyatni mustaqil tahlil qilish, qabul qilinayotgan qarorlarning oqibatini oldindan ko‘rish qobiliyatiga ega bo‘lishi talab etiladi. Yuksak ijtimoiy va ishlab chiqarish madaniyatisiz kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi mumkin emas, kompyuterlardan kundalik faoliyatda samarali va oqilona foydalanish esa kompyuter sohasida muayyan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishni taqozo etadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 329
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 566
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 494
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 838
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 546
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233816
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113232
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67485
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56305
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50742
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39385
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39114
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38465
“Avesto”

//