“Burchlarimiz – boshqalarning bizga nisbatan haq-huquqidir”


Saqlash
16:11 / 19.11.2021 0 1112

 

Fridrix NITShE

 

·       Kimki kunning uchdan ikki qismini o‘ziga ajratolmasa, bilingki, u quldir.

 

·        Xiralik, betakalluflik tanqidda emas, maqtovdadir.

 

·        Tabiat qo‘ynida o‘zimizni yengil sezamiz, zero, u ustimizdan hukm chiqarmaydi.

 

·        Kim bilan gaplashmayin, hokimiyatga o‘chlikni ko‘rdim.

 

·        Maqtaganing sari kimdir uyaladi, kimdir bezbetlashadi.

 

·        Burchlarimiz – boshqalarning bizga nisbatan haq-huquqidir.

 

·        Hamdardlikning zarhal g‘ilofida gohida hasad xanjari turadi.

 

·        Hayotim yengil kechsin desang, podadan ajralma.

 

·        Yong‘oqning puchligini aniqlash uchun ham uni avval chaqib ko‘rmoq kerak.

 

·        G‘oliblar tasodifga ishonmaydi.

 

·        Axloq – insonning Tabiat qarshisidagi manmanligi.

 

·        Fikrlar – tuyg‘ularimiz ko‘lankasidir.

 

·        Yolg‘izga shovqin ham dalda.

 

·        Cho‘qqi va jarlik – ikkisi ham bir go‘r.

 

·        Xudbinlik – hurlik aksidir.

 

·        Har narsaga qiziquvchilar – baxtiyor insonlardir.

 

·        Hissiyotni ilohiylashtirish muhabbat deb ataladi.

 

·        Agar odamlar faqat hamdardlik sababli sadaqa berganda edi, tilanchilar ochlikdan qirilib bitardi.

 

·        Yuqoriga qancha ko‘tarilganimiz sayin pastdagilar ko‘ziga shuncha mayda bo‘lib ko‘rinaveramiz.

 

·        Jazo odamni tiyishi mumkin, biroq tuzata olmaydi.

 

·        Buyuk voqealar buyuk fikrlarning tug‘ilishidan boshlanadi.

 

·        Sen meni aldaganingdan emas, balki bundan buyon senga ishona olmasligimdan xafaman.

 

·        Musiqani his qilolmaydiganlarga raqs tushayotgan odam savdo­yidek ko‘rinadi.

 

·        Sening o‘z yo‘ling bor, mening o‘z yo‘lim. Eng yaxshi, eng to‘g‘ri, yagona yo‘l... unday yo‘l mavjud emas.

 

·        Ba’zan odamlar shirin yolg‘onlari chilparchin bo‘lishini istamagani uchun ham haqiqatni eshitgisi kelmaydi.

 

·        Aqlli inson nafaqat dushmanini seva olmog‘i, ayni chog‘da do‘s­tidan nafratlana bilishi ham kerak.

 

·        O‘zini mudom madh etishlarini istaydigan Xudoga ishona olmayman.

 

·        Alohida insonlarda jinnilik kam uchraydi. Ammo guruhlar, partiyalar, millatlar va davrlar uchun bu – normal holat.

  •  

Olmon tilidan Mirzaali AKBAROV

tarjimasi

 

“Tafakkur” jurnali, 2017-yil 3-son

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:03 / 12.03.2025 0 1256
Turkistondagi qadimiy ayollar bayrami

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 237
“Qozondi” fe’lidagi “qozon” haqida

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 253
Marjumakdan shoʻrva qilib boʻladimi?

Bilasizmi?

15:02 / 28.02.2025 0 192
Maymunjon, parmanchak va boldirgʻon

Bilasizmi?

14:02 / 28.02.2025 0 210
Xoʻjayin boʻlolmagan xoʻjagʻat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 223152
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 106745
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 48744
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 36967
Xarakter

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 35354
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 29626
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 28537
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 28435
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//