Kutubxona


Saqlash
20:06 / 27.06.2023 0 1602

Kutubxona – 1) kitob, jurnal va gazetalarni to‘plash, saqlash va ulardan foydalanishni ta’minlovchi madaniy-ma’rifiy va ilmiy-yordamchi muassasa;

2) ma’lum bir guruhga oid kitobxonlarga mo‘ljallangan kitoblar turkumining nomi.

 

Ijtimoiy taraqqiyotni belgilovchi omillar orasida kitoblar muhim o‘rin egallab, kitob mutolaasi jamiyat a’zolarining ma’naviy yuksalishiga, tafakkur doirasining kengayishiga yordam beruvchi asosiy vosita hisoblanadi. Mashhur faylasuf Deni Didro «Kim kitob o‘qishdan to‘xtasa, bilingki, u fikrlashdan ham to‘xtagan bo‘ladi», deb yozgani bejiz emas. Chunki insoniyatning asrlar davomida to‘plagan bilim va tajribasi, tafakkur olami, ma’naviyati, avvalo, kitoblarda aks etadi. Shuning uchun kitoblar azaldan muqaddas hisoblanib, ular asrab-avaylab kelinadi. Mamlakatimizda kutubxonalar qadimgi davrlardan boshlab faoliyat ko‘rsatgan, jamiyat taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatadigan alohida mavqega ega bo‘lgan omil sifatida qadrlanib kelgan. Kutubxonalarning jamiyatdagi o‘rni, maqsad va vazifalari, uning ijtimoiy tuzilma sifatidagi ahamiyati beqiyosdir. Mustaqillik yillarida ma’naviy-ma’rifiy muassasa hisoblangan kutubxonalarning mavqeini oshirish, moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlash, kutubxonalar fondini muntazam ravishda yangi adabiyotlar bilan to‘ldirish, elektron asarlar bazalarini yaratish, kutubxonalarga keng kitobxonlar ommasini jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Chunki kutubxonalar ijtimoiy ongni shakllantirishga, ayniqsa, milliy g‘oyani yoshlar ongiga singdirishga xizmat qiladigan asosiy madaniy ma’rifiy maskanlardan biri hisoblanadi. Shuningdek, jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallashda, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini o‘zlashtirishda, ilg‘or axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishda, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirishda ham kutubxonalarning roli katta. Bugungi kunda O‘zbekistonda 17 mingdan ziyod turli tizim va ko‘lamdagi kutubxonalar aholiga ziyo va ma’rifat tarqatish yo‘lida xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 297
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 272
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 622
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 366
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 543
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233078
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112804
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65602
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55341
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49707
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39146
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38262
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37077
“Avesto”

//