Kamtarlik


Saqlash
20:06 / 27.06.2023 4 18877

Kamtarlik – insonning ma’naviy qiyofasiga xos xislat, maqtanishni istamaydigan, yutuqlaridan mag‘rurlanib ketmaydigan kishining xususiyati, shaxsning o‘ziga va atrofdagilarga samimiy munosabatini ifoda etadigan axloqiy sifat. U manmanlikning ziddi bo‘lib, kishining alohida yuksak sifatlarga, moddiy yoki ma’naviy boylikka ega ekanini ko‘z-ko‘z qilmasligida namoyon bo‘ladi. Bu xislat so‘zda ham, amalda ham ko‘zga tashlanib turadi. Kamtarlik shaxsning ma’naviy olamida sabr-toqat bilan yonma-yon turadi. Sabr-toqatsiz odam kamtar bo‘la olmaydi. Kamtar odam o‘zgalardan kamchilik axtarmaydi, balki o‘zining xatolariga tanqidiy yondashadi. Kamtar inson shuhrat topish uchun emas, odamlar, oila, jamiyat, xalq va Vatan oldidagi insoniy burchini bajarish uchun harakat qiladi. El-yurt uchun, xalq uchun beminnat xizmat qiladigan insonlarni xalq qadrlaydi. "Kamtarga – kamol, manmanga – zavol" degan maqol bejiz aytilmagan. Xalqimiz va jahon tarixida kamtarlikning buyuk timsoliga aylangan shaxslar ko‘p bo‘lgan. Imom Buxoriy, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Farg‘oniy, Muhammad Muso Xorazmiy, Alisher Navoiy, Abduxoliq Gʻijduvoniy, Ahmad Yassaviy, Ali Qushchi, Boborahim Mashrab singari aziz-avliyo va allomalarimiz shular jumlasidandir. Hazrat Alisher Navoiy zikr etganlaridek: "Odam bo‘lgan zebi zohirdin demas, // Kimki andin faxr etar, odam emas". Kamtarlik zohiriy va botiniy bo‘lib, ularni farqlash zarur. Kamtarlikga bir necha ma’naviy-axloqiy sifatlar asos bo‘ladi. Ma’naviyatsiz, kibrga berilgan odamlar kamtar bo‘la olmaydi. Ma’naviyati boyigan sari odam kamtarlashib boraveradi. Shuning uchun xalqimizda "Boshoq to‘lgan sari yerga egiladi", deb naql qiladi. Kamtarlik ta’lim-tarbiya, badiiy adabiyot va san’at ta’sirida shakllanishi ham mumkin. Kamtar odam andishali ham bo‘ladi. Biroq bu holat kamtarlik bilan andishalilik aynan bir narsa, degan fikrni tug‘dirmasligi kerak.

4 Izohlar

Emir

03:05 / 14.05.2024

Juda ham zōr ekan

Abdug'affor

19:01 / 16.01.2024

Bu matn juda yaxshi ekan. Ibratli matn.

Sabina

00:01 / 13.01.2024

Rahmat Juda zo'r ekan. Menga yoqdi

Sevinch

21:12 / 25.12.2023

Bu matn juda zo‘r ekan ancha ma'lumot va ibrat berdi kichikroq hikoya tarizida bo‘lganida juda ham zo‘r bo‘lar edi

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 471
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?

Qatra

12:05 / 19.05.2025 0 444
Hammani yig‘latgan vasiyatnoma

Qatra

15:04 / 17.04.2025 0 400
Marhamat aya sog‘inchi

Bilasizmi?

10:04 / 08.04.2025 0 418
Narxning navosi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 225389
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 108024
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 55668
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41063
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 40345
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31736
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 30852
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30415
Alpomish

//