Bilasizmi?
Kamolot (arabcha kamol, komil, mukammal – to‘kislik, bekamuko‘stlik, yuksak natija, yetuklik) – insonlar o‘rtasida jismoniy va va ruhiy yetuklikning yuksak darajasini ifoda etish bilan birga hayotdagi har qanday mukammal hodisa, ish va harakatga nisbatan ham qo‘llanadigan tushuncha. Shunga ko‘ra, kamolotni insonning bir yoki bir necha sohalarda yoxud munosabatlarda yaqqol ko‘zga tashlanadigan, boshqalarnikidan ijobiy jihatlari bilan keskin farq qiladigan, o‘zgalar tomonidan yuksak e’tirof etiladigan ma’naviy yoki jismoniy yetuklik darajasi deb ta’riflash mumkin. Tarixda turli sohalarda insonning kamolotga yetgani yoki kamolotga yetishini belgilab beradigan turli mezonlar bo‘lgan. Kamolot shunchaki komillikka erishish, kamol topish emas, balki uzoq davom etadigan ta’lim-tarbiya, umr davomida olinadigan bilim va tajriba, shakllanadigan aql-idrok, axloqiy fazilatlarning bir-birini to‘ldirib boradigan bir necha bosqichdan iborat tizimidir. Komil insonni voya ga yetkazishda ma’naviy tarbiya hal qiluvchi o‘rin tutadi. Zamonaviy komil inson konsepsiyasiga asosan, barkamol shaxs yuksak ma’naviyat sohibidir. Kamolot yo‘li ziddiyatlarga, sinov va mashaqqatlarga, yutuqlarga, quvonchu iztiroblarga to‘la yo‘ldir. Inson hech qachon o‘zining kamolot darajasiga o‘zi baho berolmaydi. Chunki komillik shaxsning o‘zidan ko‘ra o‘zgalarga yaxshiroq ko‘rinadi. Komil inson o‘zining komilligini hech qachon payqay olmaydi. Chunki komillik axloqiy yetuklik mezoni sifatida har bir shaxsning o‘zgalar bilan bo‘lgan munosabatida ko‘zga tashlanadi. Komil inson boshqalar bilan munosabat jarayonida shakllanadi.
Inson kamolotida jismoniy go‘zallik, mukammallik muhim ahamiyat kasb etadi. Jismonan baquvvat, sog‘lom bo‘lish nafaqat shaxsiy, balki ijtimoiy qadriyatdir. Kamolotning yana bir muhim sharti Vatanga, millatga, el-yurtga sadoqat bilan xizmat qilishdir. Vatanni sevmagan, millati tarixi va taqdiriga loqayd qaraydigan insonning komilligi haqida so‘z bo‘lishi mumkin emas. Kamolot insoniy fazilatlarning uyg‘unligini ifoda etadi. Kishining ichki va tashqi dunyosi, sog‘lom fikri, oqilona so‘zi bilan amaliy faoliyati, tili bilan dili bir bo‘lishi kamolotning asosiy mezonlaridir. Kamolot insonning ongli, ijodiy faol mavjudot sifatidagi tub ehtiyoj va layoqatlaridan biri, o‘z salohiyatini namoyon etish shakli hamdir. Kamolot jarayoni insonning jamiyat va madaniyat bilan aloqasining mohiyatini aks ettiradi, ma’naviy rivojlanishni ta’minlaydigan omil hisoblanadi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar, ta’lim-tarbiya, targ‘ibot va tashviqot kamolotni shakllantirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ta’lim muassasalari, tarbiya maskanlari, ma’naviyat va madaniyat xodimlari ham komil inson tarbiyasida muhim ahamiyatga egadir.
Bilasizmi?
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Hikmat
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
//
Izoh yo‘q