Iqtidor


Saqlash
00:06 / 27.06.2023 0 8412

Iqtidor (arabcha qodir bo‘lmoq, qila olmoq) – shaxsning ijodiy xususiyati va aqliy faoliyatini anglatadigan tushuncha. Iqtidor shaxs faoliyatida turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Chunonchi, ilmiy, badiiy, texnik ijodkorlikda, sport va kasb mahoratida yaqqol ko‘rinadi. Shuningdek, iqtidor inson amaliy faoliyatidagi barcha sohalarda o‘ziga xos tarzda aks etadi. Iqtidor har bir soha mutaxassisida o‘ziga xos tarzda rivojlangan yoki rivojlanmagan bo‘lishi ham mumkin. Shuning uchun inson faoliyati davomida bilim va tajribasini muttasil oshirib borishi lozim. Iqtidor axloqiy me’yorlar bilan uyg‘unlashgani sari mukammallashib boraveradi. Bunday iqtidor sohibi jamiyat uchun, ayniqsa, zarur bo‘ladi. Chunki iqtidorli kishi o‘ziga bino qo‘yib, kalondimog‘ va o‘zboshimcha bo‘lsa oxir-oqibatda iqtidorini ham uvol qiladi. Iqtidor ko‘proq aql bilan bog‘liq hodisa hisoblanadi. Qobiliyat esa ayrim kishilar toifasi faoliyatida aks etadi. Iqtidor va qobiliyat bir-biridan farq qiluvchi jihatlarga ega bo‘lsada, lekin ular bir-birisiz mavjud bo‘la olmaydi. Shu ma’noda, iqtidor va qobiliyatning uyg‘un bo‘lishi ma’naviy barkamollikning asosiy shartlaridan biridir. Iqtidor va qobiliyatni shakllantirishda biofiziologik omillar (jismoniy sog‘lomlik, miya faoliyatidagi bir maromdagi o‘zgarishlar, hatto ekologik muhit va boshqa) tabiiy jarayonlar, ijtimoiy muhit (ziyolilar, hayotiy tajribaga ega bo‘lgan insonlar, mutaxassislar, oila va boshqa shu kabi ijtimoiy munosabatlar), intuitiv faoliyat va ma’naviy-ruhiy poklik o‘ziga xos o‘rin tutadi. Iqtidor, birinchi navbatda, gneseologik vazifani bajaradi. Ya’ni, inson iqtidor orqali o‘zi yashayotgan dunyoni bilishga, voqelikni yaxlit holda idrok qilishga, uni ijobiy o‘zgartirishga intiladi. Bugungi kunda yurtimizda yozuvchilar, shoirlar, ilm-fan, madaniyat va san’at ahli, barcha ijodkorlarga, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalasiga katta ahamiyat berilmoqda. Bu esa aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida iqtidorli yigit-qizlarni topish, tarbiyalash va kamolga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qatra

15:04 / 17.04.2025 0 148
Marhamat aya sog‘inchi

Bilasizmi?

10:04 / 08.04.2025 0 193
Narxning navosi

Bilasizmi?

17:03 / 12.03.2025 0 1459
Turkistondagi qadimiy ayollar bayrami



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 223992
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 107265
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 53057
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 38476
Xarakter

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 37599
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 30055
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 30003
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 29240
Alpomish

//