Avangardizm


Saqlash
15:11 / 19.11.2021 0 1829

 

Abadiy qadriyatlar – inson, millat, jamiyat hayoti va faoliyati uchun doimiy ravishda zarur bo‘ladigan qadriyat shakllarini ifodalaydigan tushuncha. Oila mahalla, davlat va jamiyat institutlari, ona tili, din, avlodlar o‘rtasidagi vorisiylik, tarix va tarixiy xotira, tinchlik, barqarorlik, ozodlik va farovonlik kabi inson uchun hamma vaqt zarur bo‘ladigan, hech qachon o‘z qadrini yo‘qotmaydigan eng yuksak tamoyillar sifatida namoyon bo‘ladi. Bu qadriyatlar asrlar davomida dunyodagi buyuk ma’rifatparvarlar alloma va mutafakkirlarning e’tibor markazida bo‘lib kelgan. Xususan, xalqimizning bebaho ma’naviy merosi bo‘lmish “Avesto” kitobidagi “Ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal” tamoyili, Imom Buxoriy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Alisher Navoiy singari ulug‘ ajdodlarimizning ilmiy-ma’naviy merosida ifoda etilgan adolatli jamiyat, komil inson, tinchlik va farovonlik g‘oyalari bugungi kunga qadar o‘z ahamiyatini yo‘qotmasdan kelmoqda.

 

Avangardizm – frans. avantgardiste) XX asr madaniyatidagi bir qator yo‘nalishlarni ifoda etadigan tushuncha sifatida shakllangan. U badiiy ijod sohasidagi mavjud me’yor va an’analarni rad etib, yangicha tasvir va ifoda vositalarini yangilik deb talqin etadi. Badiiy obraz yaratishda mumtoz an’analarni tan olmasdan, asosan shaklga urg‘u berish avangardizmning asosiy xususiyatidir. Modernizm bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan avangardizm tamoyillari ekspressionizm, kubizm, futurizm, dadaizm, syurrealizm kabi oqimlarda ayniqsa yaqqol namoyon bo‘ladi.

 

Avtarkiya (yun. autarkeia — o‘z-o‘zidan qanoatlanish; autos ~ o‘zim va arkeo — mo‘l-ko‘lchilikda yashamoqdaman) - iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy ma’nolarda qo‘llanadigan biron-bir shaxs, guruh, millat, davlat va jamiyatning o‘z holicha, boshqalardan ajralgan holda yashashi uchun qaratilgan harakatni yoki holatni ifodalaydigan siyosiy soha shakllangan.

 

Avtarkiya   faqat davlat doirasida, milliy mahdudlik muhiti ila xo‘jalik tashkil etish maqsadida mamlakatni boshqa mamlakatlardan ayirib qo‘yish siyosatini anglatadi. Hozirgi davrda ham dunyoning turli hududlarida avtarkiya tendensiyalari mavjud, ularning ma’naviy oqibatlari ham ko‘zga tashlanib turadi. Globallashuv davrida avtarkiya jamiyatda ma’naviy biqiqlikning kuchayishiga, uning tashqi dunyodan ajralib qolishiga olib kelishi mumkin.

 

Avtoritar ong — yangilik va ijodiylikdan mahrum bo‘lgan bir qolipdagi tafakkur tarzi. Avtoritar ong ijodiy ongga zid bo‘lib, fikr-mulohaza yuritish va uni isbotlashda faqat bir tamoyilga tayanadi.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 186
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 141
Armon bobo

Bilasizmi?

16:07 / 02.07.2025 0 117
Yelib keldi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 567
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 225822
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 108300
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 55960
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41322
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 40651
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31926
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31007
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30678
Alpomish

//