Ishonch


Saqlash
00:06 / 27.06.2023 0 1786

Ishonch – biror-bir shaxsga uning so‘zi, ishi va xatti-harakatlariga xayrixohlik va simpatiya bilan qarash, u bilan hamkorlik qilish, yaqin munosabat o‘rnatishga asos bo‘ladigan ma’naviy omil. Ishonch o‘zaro to‘g‘rilik, adolatlilik, insofu diyonat, halollik, samimiylik va iymonga asoslanadi. Kishilar o‘rtasidagi munosabatlar aniq ma’no-mazmun kasb etib borishi bilan ishonch mustahkamlanadi yoki aksincha buziladi. Insonga asossiz ravishda ishonmaslik ma’naviy saviyaning yetarli emasligi bilan bog‘liq. Ishonch: 1) nimagadir, qandaydir g‘oya yoki mafkurani to‘liq bilish, ularga mehr-muhabbat qo‘yishga qaratilgan qat’iy nuqtai nazar, ma’naviy intilish, e’tiqod asosi; 2) ma’naviy, madaniy, axloqiy, ijtimoiy, siyosiy va boshqa tamoyillar, me’yorlar, an’analar, qadriyatlarni ongli ravishda o‘zlashtirish yo‘li bilan tarbiyalanishning asosiy usullari, shaxsda e’tiqodni shakllantirish omili. Ishonch ba’zida inson harakatini oldindan belgilab, sababga aylanadi. Ishonchning shakllanishi turmush tarzi, tashqi muhitning insonga ta’siri, ijtimoiylashuv jarayonining qanchalik samarali ekani, har qaysi odamning ijtimoiy va amaliy faoliyatiga bog‘liq. Ishonch ijtimoiy hayotning barcha sohalardagi faoliyatning, inson hayotining asosiy sharti va mezoni hisoblanadi. U bo‘lmasa yashashning ma’nosi bo‘lmaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 127
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 218
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 426
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 665
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234140
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113425
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67892
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56846
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51282
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39503
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39366
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39126
“Avesto”

//