Iffat(lilik)


Saqlash
00:06 / 27.06.2023 0 1060

Iffat(lilik) (arabcha sof, pokiza, beg‘ubor) – xalqimizga xos azaliy fazilat bo‘lib, ma’naviy poklik, or-nomus va hayo kabi ma’nolarni anglatadi. Iffat va iffatlilik ko‘proq ayollarga xos fazilat bo‘lib, bokiralik, sharmu hayo timsolidir. Iffat sohibasi birovning ko‘ziga tik qarashga hech qachon botinmaydi. Iffat, iffatlilik tug‘ma fazilat bo‘lib, ta’lim-tarbiya, sog‘lom muhit ta’sirida kuchayishi mumkin. Iffatli ayolning yuzidan iymon, insof, diyonat, oqko‘ngillik, nomus, hayo va beg‘uborlik nuri yog‘ilib turadi. Iffat so‘zining lug‘aviy ma’nolaridan biri tiyilishdir. Ya’ni, iffatli inson o‘zini barcha nopok, odob doirasidan tashqarida bo‘lgan xatti-harakatlardan tiyishga qodir bo‘ladi. Bunday odamning muomalasi o‘ta andishali bo‘lib, u hamma vaqt behuda bahslarga kirishavermaydi. Bunday odamlar boshqalarga chiroyli va go‘zal munosabatda bo‘ladi, birovning nafsoniyatiga tegishdan o‘zini saqlaydi, hammaga bir xilda hurmat va ehtirom ko‘rsatadi. Bunday husni xulq sohibasi bo‘lgan ayollarning malohati va latofati, ibosi va hayosi ularga o‘zgacha go‘zallik baxsh etadi, chiroyiga chiroy qo‘shadi.

 

Alisher Navoiy asarlari lug‘atida iffat so‘ziga bunday izoh yozilgan: poklik, pokizalik, nomus, yomonlikdan saqlanish. Iffatli odamga yomonlik yaqinlashmaydi, hayo, iffat misoli bir qalqon bo‘lib yomonlikdan asraydi. Dil Aqldan so‘rabdi: "Nimadir iffat?"// Aql javob beribdi: "Ilohiy ne’mat". // Dil debdi Aqlga: "Yana ne dersan, ayt", // Aql debdi: "Pok suratu pok siyrat!". Abdulla Avloniy iffat haqida shularni yozadi: "Iffatli kishi har vaqt nazari ibrat ila harakat qilur. Kecha va kunduz fikri, zikri vatandoshlariga, qarindoshlariga yaxshilik, xayrixohlikdan iborat bo‘lur. So‘zida, fe’lida sodiq bo‘lub, vijdonga ters, insoniyatga kelishmagan muomaladan hazar qilur". Iffatli, nomusli odam bilan muloqot qilish kishiga huzur bag‘ishlaydi. Suhbatdoshni muloyim so‘zlashishga undaydi. Agar iffatli, hayoli inson oqil bo‘lsa, yana olimu orif bo‘lsa, uning ichki madaniyati ham shunga qarab oshaveradi. Bunday odamning jamiyatda tutgan o‘rni yuksak va qadrli bo‘ladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 261
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?

Qatra

12:05 / 19.05.2025 0 274
Hammani yig‘latgan vasiyatnoma

Qatra

15:04 / 17.04.2025 0 265
Marhamat aya sog‘inchi

Bilasizmi?

10:04 / 08.04.2025 0 312
Narxning navosi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 224691
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 107672
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 55006
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 39911
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 39722
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31043
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 30500
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 29897
Alpomish

//