Ifloslik


Saqlash
00:06 / 27.06.2023 0 1370

Ifloslik – 1) iflos so‘zining belgi oti; 2) nopok va ifloslik xususiyatiga ega bo‘lgan ish, xatti-harakat. Iflos so‘zi nopok narsalar bilan bulg‘angan, bulg‘anch ma’nosida qo‘llanadi. Bu so‘zning ko‘chma ma’nosi: yomon ishga yuradigan, nopok, razil, qabih, yaramas, odobdan tashqari. Ifloslik har qanday qadriyatga zid bo‘lgani uchun uning jamiyatdagi barcha ko‘rinishlari ildizi bilan yo‘q qilish talab etiladi. "O‘zbek tilining izohli lug‘ati"da (T., 2007) bu so‘zning qashshoqlik, notavonlik, hech narsasi qolmagan, omadsizlik kabi ma’nolari ham ko‘rsatib o‘tilgan. Odatda, iflos narsadan, pastkash odamdan hamma jirkanadi. Iflos narsani yuvsa toza bo‘ladi, lekin iflos, pastkash odamni tozalash mushkul. Pastkash odamning qilar ishi, tutgan yo‘li ham jirkanchdir. Bir maqolda "Nojo‘ya ishdan yosh bola ham uyaladi", deyiladi. Chunki razil va qabih ishning yomonligi yosh bolaga ham ayon. Ifloslik qanday ko‘rinishda bo‘lmasin, baribir yomon oqibatlarga olib keladi. Tozalikning aksi bo‘lgan nopoklik, kirlik, axlat to‘planishi turli kasalliklarga duchor qilishi mumkinligi hammaga ma’lum. Xalqimizda "Yomonning yarasi bitmas", "Yomonning bir qilig‘i ortiq" degan maqollar borki, ular yomonlik, ifloslik aslida bedavo dard ekanini bildiradi. Pastkashlikning turli-tuman ko‘rinishlari esa ifloslikdir. Birovning moli va joniga xiyonat qilish, xasislik, sotqinlik, omonatga xiyonat – bularning barchasi pastkashlikdandir. Pastkash, iflos odamlar mehr va shafqatdan yiroq, ular na do‘st, na ota-ona, na qarindosh-urug‘, na qo‘ni-qo‘shnining qadriga yetadi. Ular uchun odamiylik begona. Ular shaxsiy manfaat yo‘lida hatto jinoiy ishlarga ham qo‘l uradi. Ifloslik sog‘lom odamning asabini buzadi, uni muvozanatdan chiqaradi. Pastkashlik – nokaslikdir.

 

Pahlavon Mahmudning bir ruboiysida nokas quyidagicha ta’riflanadi: "O‘t ichra tushib, yuz yil gar qovrilsang, // Aylansangu kulga har taraf sov rilsang. // Nokas ila bir dam o‘tirishdan afzal, // Nokas so‘zi battardir o‘limdan bilsang". Zimdan qilingan iflos ishni payqash, anglash qiyin. Bunday pastkashlik ko‘proq razil, qabih odamlarga xos bo‘ladi. Aniq ko‘rinib turgan iflos ishlar, asosan, bu haddan ortiq ko‘p ichish, muttasil mast-alast yurish, giyohvandlik, axloqsizlik bilan bog‘liqdir. O‘z erkini bunday balolarga berib qo‘ygan odam o‘zini boshqara olmaydi, kim qanday qabihlik, nopoklik va jinoyatga boshlasa, o‘shanga boraveradi. Bunday odamlar nafaqat iflos, pastkash, balki hayvoniy xissiyotlarga berilgan maxluqdir. O‘zini pok tutaman degan insonlar bunday odamlardan nari yurishi, ularning ta’siriga tushib qolishdan saqlanishi lozim. Bunday odamlarni davolash, albatta murakkab ish, lekin bunga harakat qilish, urinib ko‘rish savobdir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 314
Qahramon

Bilasizmi?

14:07 / 15.07.2025 0 865
“Kimsan” aslida kim?

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 906
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 228474
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 110082
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 58917
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 46628
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 42737
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 36500
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 34651
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31926
Kompetentlik

//