Istibdod


Saqlash
23:06 / 26.06.2023 0 1337

Istibdod bosib olingan xalq yoki yurtni turli yo‘l va vositalar bilan tutqunlikda saqlab qolishga qaratilgan xatti-harakat hamda faoliyatlar tizimini anglatadigan tushuncha. Istibdod biron-bir davlat, o‘zining iqtisodiy, siyosiy, madaniy, geostrategik manfaatlaridan kelib chiqqan holda boshqa xalq yoki davlatni bosib olishga intilgan, bosib olgach, uning madaniyati, tili, urf-odatlarini yo‘q qilishga, barcha sohalarda o‘z hayotiy standartlarini, qarashlarini zo‘rlik bilan joriy etishga harakat qilgan taqdirda yuzaga keladi. Istibdod mafkurasi bosqinchi kuchlarning tafakkur tarzi va amaliyotining to‘g‘ri ekanini har tomonlama asoslashga, tushuntirishga, adolatli deb baholashga, keng xalq ommasi ongiga singdirishga qaratilgan bo‘ladi. Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, istibdod irqchilik, fashizm, shovinizm kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘lganini ko‘ramiz. Ular ayrim jihatlariga ko‘ra, bir-biridan farq qilsa-da, mohiyatan bir xil – bosqinchilik, zulm va zo‘ravonlikdan iborat. Afsuski, insoniylikka xilof bo‘lgan, bashariyatning kelajagiga, uning hamjihat yashashiga xavf soladigan bunday mafkura shakllari dunyoning turli burchaklarida hozir ham mudhish qiyofasini namoyon qilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 127
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 217
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 426
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 665
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234140
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113425
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67892
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56846
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51282
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39503
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39366
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39126
“Avesto”

//