Iste’dod


Saqlash
20:06 / 26.06.2023 0 2826

Iste’dod (arabcha hozirlamoq, tayyorlamoq) – qobiliyatning yuqori darajada rivojlanganini ifoda etadigan ma’naviy fazilat. Iste’dod, odatda, barcha qobiliyatlarning emas, bir yoki bir necha qobiliyatning yuqori darajada rivojlanganini anglatadi. Iste’dodning borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risida inson faoliyatining natijalariga qarab xulosa chiqariladi. Iste’dodli kishilarning faoliyati o‘zining mutlaqo yangicha yondashuvi, originalligi va samaradorligi bilan ajralib turadi. Iste’dod doimo ijod bilan oshno bo‘ladi va muayyan ijtimoiy ehtiyojlarni o‘zida aks ettiradi. Iste’dodli odamlar nafaqat adabiyot, san’at, balki ilm-fan va boshqa sohalarda ham ijodiy qobiliyatini namoyish etadi. Masalan, kosib, dehqon, temirchi yoki ko‘nchi iste’dodli shaxs bo‘lsa, o‘z kasbiga ijodiy yondashadi va yuqori samaraga erishadi. Iste’dod mehnat va tirishqoqlik bilan egizak hodisa. Tug‘ma qobiliyatli shaxs yangiliklarni egallashga kirishmasa, ko‘p mehnat qilmasa, o‘z iste’dod kurtaklarini ro‘yobga chiqara olmaydi. Iste’dod o‘ziga xos ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Chunonchi, iste’dod: ilmiy, badiiy, texnik ijodkorlikda, sport va kasb-kor mahoratida yaqqol ko‘rinadi. Shuningdek, iste’dod inson amaliy faoliyatining barcha sohalarida o‘ziga xos tarzda aks etadi. Iste’dod har bir soha mutaxassisida o‘ziga xos tarzda rivojlangan yoki rivojlantirilmagan holatda ham aks etishi mumkin. Shuning uchun ham inson o‘z hayotiy faoliyati davomida bilim va tajribasini yanada rivojlantirishi lozim. Iste’dodli shaxsni tarbiyalashning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy omillari bo‘lib, jamiyatda bunday kishilar uchun shart-sharoit yaratilishi muhim ahamiyatga ega

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

14:07 / 15.07.2025 0 485
“Kimsan” aslida kim?

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 545
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 323
Armon bobo

Bilasizmi?

16:07 / 02.07.2025 0 299
Yelib keldi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 227140
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 109180
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 56583
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41863
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 41189
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 32472
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31321
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 31109
Alpomish

//