Isrofgarchilik


Saqlash
19:06 / 26.06.2023 0 5359

Isrofgarchilik (arabcha sarf qilish) – o‘rinsiz yoki ortiqcha sarf-harajat qilish, nobudgarchilikka yo‘l qo‘yishni ifoda etadigan tushuncha. Isrofgarchilik moddiy va ma’naviy ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Moddiy isrofgarchilik, ya’ni behudaga pul sarflash, befoyda ishga vaqt sarflash yoki ma’naviy isrofgarchilik – ilmning qadrini bilmaydigan kishiga o‘rgatish – sog‘lom fikr yurituvchi odamning ishi emas. Isrof qiluvchi odam har qancha boy bo‘lmasin, oxir-oqibat qashshoqqa aylanadi. Isrofgarchilik haqida so‘z ketganda, hamisha uning ziddi bo‘lgan tejamkorlik borasida so‘z yuritiladi. Har qanday mamlakatda milliy boyligini behuda sarf bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik juda muhim hayotiy masaladir. Xalq og‘zaki ijodida bu xususda shunday hikmatlar bor: "Ozni beja, ko‘pni teja", "Yig‘sang – yetasan, sovursang – ketasan", "Tejog‘liq ish – bejog‘liq ish", "Hisobini bilmagan hamyonidan ayrilar". Mashhur Sharq allomasi Muhammad Zehniy «O‘ylab hozirlangan oz narsa isrof bo‘ladigan ko‘p narsadan afzal» degan. Hazrat Alisher Navoiy esa "Isrof saxo emas va iltifotni ma’no ahli saxovat demas", ya’ni, "Isrof qilish – saxiylikdan emas, aqlli, dono odamlar noo‘rin sarf-xarajatni saxovat demas", deganlar. Yana bir ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy esa iqtisod, tejamkorlik borasida so‘z yuritib, uning aksi sifatida isrofni ta’riflaydi. "Iqtisod deb, pul va mol kabi ne’matlarning qadrini bilmakni aytilur. Mol qadrini biluvchi kishilar o‘rinsiz yerga bir tiyin sarf qilmas, o‘rni kelganda so‘mni ayamas. Saxovatning ziddi baxillik o‘ldig‘i kabi iqtisodning ziddi isrofdur. Alloh taolo isrof qilguvchilarni suymas"

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 314
Qahramon

Bilasizmi?

14:07 / 15.07.2025 0 865
“Kimsan” aslida kim?

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 906
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 228474
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 110082
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 58917
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 46628
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 42737
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 36500
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 34651
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31926
Kompetentlik

//