Daraxt qotillarining qattol boltalaridan omon qolgan bog‘lar


Saqlash
17:11 / 18.11.2021 0 1416

Bugun qor kayfiyatimga ta’sir qilibmi, shaharning markaziga yaqin bir go‘shasini soatlarcha kezib chiqdim. Va mana shu rasmda ko‘rib turganingiz manzaralarni uchratdim. Uchratdimu “vo ajabo!” deya ularni suratga oldim.

 

 

Daraxt qotillarining qattol boltalaridan omon qolgan bu bog‘larni ko‘rib ham sevindim, ham ajablandim! Nahotki, bularni ko‘rmay qolishgan bo‘lsa! Yoki navbatda turishibdimikan, a?.. Ko‘rmay qolishgan bo‘lsa, men o‘z suratlarim bilan qotillarga yangi qotillik joyini ko‘rsatib qo‘ymadimmikan...

 

Ha, Toshkent yam-yashil shahar edi bir paytlar! Hamma joyi shunday edi!

 

 

Ukrainada askarlik xizmatini o‘taganim olis 80-yillarda Toshkentda bo‘lgan o‘ris, belorus, xoxol, lezgin ofiserlar bir ovozdan: “Tashkent - zelyonыy gorod!” deyishardi.

 

Endi uning yashilligiga ko‘z tegdi: daraxtlar kesildi.

 

Endi shu kam qolgan daraxtlarni xuddi yurt qahramonlarini qo‘riqlagandek qo‘riqlashimiz kerak! Shunchaki “qizil” emas, balki “qip-qizil” kitobga kiritib!..

 

“UNESCO” degan jahon tashkiloti bor, bilasiz. Dunyo bo‘ylab madaniy, tarixiy obidalarni, binolarni o‘z himoyasiga oladi.

 

Nazarimda, biz hozirda shunday ahvolga tushib qoldikki, b(T)oshkentimizning (umuman, yurtning barcha go‘shalarining!) mana shunday xushmanazara joylarini, eski, qadimiy binolarini, daraxtlarini o‘z himoyasiga olib, kuchli nazorat o‘rnatadigan, shuningdek, shahar hokimligiga mutlaqo bo‘ysinmaydigan, mabodo biron daraxt kesilsa yo biron bino buzilsa, moddiy zarari undirish bilan cheklanmay, albatta oborib qamaydigan jamoat tashkiloti tuzish kerak!

 

Varvarizmni, varvarlarni to‘xtatishning boshqa yo‘li ish bermayapti chunki!..

 

 

(Hozirda mamlakatda o‘tkazilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasini qo‘llab - quvvatlayman. Shuning uchun ham 130 000 so‘m pulni yangi ko‘chatlar sotib olish ishiga xursand bo‘lib o‘tkazdim – zora Toshkentimiz tag‘in yashil shaharga aylansa!)

 

Ulug‘bek Hamdam

 

2021-yil, 17-noyabr

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 94
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 437
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 391
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 716
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 428
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233486
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113025
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 66556
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55861
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50222
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39287
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38701
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37844
“Avesto”

//