Isbot


Saqlash
00:06 / 24.06.2023 0 1338

Isbot – dalil, asos, biron-bir da’voning chinligi yoki yolg‘onligini asoslab berish. Isbot tayanadigan hukmlar isbotning dalillari (asoslari) deb ataladi. Dalillar chin deb qabul qilinadi, ammo ularning isboti tezisga tayanmasligi lozim, yo‘qsa, isbotda mujmallik deb ataladigan xato kelib chiqadi. Tezisning chinligini aniqlab beradigan isbot oddiygina isbot deb ataladi. Tezisning yolg‘onligini aniqlab beradigan isbot esa raddiya deb ataladi. Isbot bir qator xulosalardan iborat, bo‘lishi ham mumkin. Bu xulosalarning asoslari dalillar yoki ulardan kelib chiqadigan qoidalar yoki qo‘shimcha farazlar yordamida amalga oshiriladigan isbotdir. Bu – so‘nggi isbot quyidagicha tuziladi: farazlar yordamida, ayrim qoidalar isbot etiladi, so‘ng, bu qoidalarning isboti maxsus qoidalar yordamida o‘zgartirilib (farazlarsiz), dastlabki isbot shakliga solinadi. Isbotda xatolar bo‘lishi mumkin, bu xatolar tezisni soxtalashtirishdan, asossiz yoxud xato dalillarni qabul qilishdan, isbotning noto‘g‘ri usulidan kelib chiqadi. Xatosi bo‘lgan isbot asossiz hisoblanadi. Biroq, isbotning asossizligi hali tezis yolg‘onligining isboti degani emas. Tezisning chinligini ishonchli dalillar bilan emas, balki talqin va ehtimollar bilan aniqlab beradigan isbotlar ham bo‘lishi mumkin. Isbot fanning taraqqiyot darajasiga ham bog‘liq. Ma’lumki, XIX asrning oxirlarigacha atom borliqning eng kichik bo‘linmas zarrachasi ekani isbot qilib kelingan edi. Lekin ilm-fanning keyingi taraqqiyoti bunday xulosani rad etdi. Borliq kabi atom ham cheksiz mayda zarrachalardan iborat ekani, atom ichidagi har qanday mayda zarracha ham yanada cheksiz mayda zarrachalarga bo‘linishi mumkinligi isbot qilindi. Shuning uchun ham isbot qilishda o‘rganilayotgan masalaning mohiyatiga yanada chuqurroq kirib borish talab etiladi. 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 297
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 269
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 621
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 366
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 541
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233076
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112803
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65593
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55340
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49700
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39143
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38262
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37073
“Avesto”

//