Irq. Irqchilik


Saqlash
22:06 / 23.06.2023 0 2262

Irq (arabcha ildiz) – kishilarning tashqi qiyofasi, gavdasi, nasli, kelib chiqishidagi o‘xshashliklarga qarab ajratilgan guruhlar. Yer yuzida yashayotgan barcha odamlar kelib chiqishi, tadrijiy rivojlanishi, anatomik tuzilishi va fiziologik imkoniyatlari jihatidan yagona biologik tur – aqlli odamga mansubdir. Lekin ular Yer yuzida joylashgan mintaqalari, iqlim sharoitlari, jug‘rofiy omillar, oziq-ovqat iste’moli xususiyatlariga ko‘ra ilm-fanda uchta yirik irqga – negroid, yevropoid va mongoloidga ajratiladi. Bu guruhlar tana ko‘zlarining rangi, tuzilishi, kalla suyaklari shakli va bo‘laklarining uzun-qisqaligiga qarab ajratiladi. Uchta yirik irqning nomlari ular tana ranglariga qarab, negroidlarni – qora tanlilar, yevropoidlarni – oq tanlilar, mongoloidlarni esa sariq tanlilar deb atash odat bo‘lib qolgan. Lekin mana shu tabiiy farqlarni vaj qilib, tanasining rangi boshqacha bo‘lgan kishilarni kamsitish, jismoniy va ruhiy zaiflikda ayblash, haqoratlash irqchilik sifatida qoralanadi. Aslida irqlar o‘rtasidagi farq har qaysi xalqning Alloh tomonidan yaratilgan betakror moʻjiza ekanining dalillaridan biri bo‘lib, ularning yuksak taraqqiyot darajasiga ko‘tarilish imkoniyatlari, insoniy qadri va haq-huquqlari bir xil ekanini ko‘rsatadi.

 

Irqchilik – odamlar o‘rtasidagi ijtimoiy tengsizlik, bosqinchilik, zo‘ravonlik va urushlarni kishilarning turli irqlarga mansubligi bilan oqlashni targ‘ib etadigan g‘ayriinsoniy ta’limot. Irqchilar insonlarning ijtimoiy mohiyatini ularning biologik – irqiy belgilari bilan bog‘lab, ularni oliy va quyi, bekamu ko‘st va noraso irqlarga ajratadi. Unga ko‘ra, oliy irqlar xo‘jayinlik qilishi, qolganlar esa ularga xizmat qilishi, bo‘ysunishi shart. Irqchilik ta’limoti boshqa xalqlarga nisbatan bosqinchilik, talonchilik, mustamlakachilik siyosatini asoslashga harakat qiladi. Fashistlar Germaniyasi aynan mana shunday mafkuraga tayanib "oliy german irqi" hukmronligini o‘rnatish maqsadida Ikkinchi jahon urushini boshlagani bunga yaqqol misoldir. Hozirgi ham reaksion mafkuraga asoslangan kayfiyatdagi guruhlar, ularning nazariyotchilari irqchilik g‘oyalarini targ‘ib etib, go‘yo "qoloq" xalqlarning mustaqil rivojlanishga ruhiy tayyor emasligi haqidagi puch da’volar bilan chiqmoqda. Bunday qarashlar xalqlarning ozodligini bo‘g‘ish, ularning ustidan hukmronlik o‘rnatishga bo‘lgan intilish natijasida yuzaga kelgan. Sobiq Ittifoq parchalanib ketganidan so‘ng imperiyacha fikrlaydigan ba’zi nazariyotchilar qarashlarida ham irqchilik kayfiyatlari paydo bo‘lganini kuzatish mumkin. Bunday qarashlarning qanchalik asossiz ekanini hayot ko‘rsatmoqda. Tarixiy taraqqiyot davomida turli irq vakillarining aralashuvi, irqiy belgilarning o‘zgarishi kabi holatlar ham yuz bermoqda. Bu yerda barcha irq vakillarining madaniy taraqqiyotga birdek qobiliyatli bo‘lib, biror-bir millat yoki elatni irqiy jihatdan kamsitish har tomonlama o‘rinsiz ekanini isbotlamoqda. Irqchilik insoniyatga qarshi jinoyatdir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida barcha irqlar va millatlarning teng huquqliligi belgilab qo‘yilgan. Bu qoida jahon hamjamiyatining xalqaro huquq me’yorlariga javob beradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:11 / 21.11.2024 0 150
“Tarif”ning ta’rifi va tarixi

Qatra

17:11 / 21.11.2024 0 398
Yoshlar yomonlanadigan davralarda o‘tirmayman

Bilasizmi?

10:11 / 20.11.2024 0 151
“O‘dag‘a”ning o‘dag‘aylagani

Qatra

21:11 / 11.11.2024 0 223
Moʻjizaning bahosi

Qatra

15:11 / 08.11.2024 0 535
Ota va yetti o‘g‘il hikoyasi

Bilasizmi?

23:11 / 01.11.2024 0 956
“Birpas”mi, “ikkipas”?..



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 218762
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 104497
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 34227
Milliy urf-odatlar

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 27321
Kompetentlik

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 26598
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 25205
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 24909
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 21794
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//