Iroda erkinligi


Saqlash
20:06 / 23.06.2023 1 1586

Iroda erkinligi – har bir shaxsning individual erki, irodaviy mayli, xohish-istagi va ular orqali namoyon bo‘ladigan erkin faoliyatini ifoda etadigan tushuncha. Bu tushuncha falsafiy kategoriya sifatida umumiy ma’noda insonning o‘z xatti-harakatlarini o‘z dunyoqarashiga ko‘ra, mustaqil belgilab olishi, o‘z qaroriga asosan ish yuritishini bildiradi. Inson biror ishga azmu qaror etar ekan, yaxshilik va yomonlik, axloqiylik va axloqsizlik o‘rtasidan o‘ziga yo‘l tanlaydi. Bu tanlov kishining o‘ziga bog‘liq bo‘lgani uchun inson axloqiy mas’uliyatga egadir, shunga ko‘ra uning faoliyati qoralanadi yoki olqishlanadi. Etika tarixida iroda erkinligi muammosi ko‘pincha idealistik talqin etilgan. Antik davr mutafakkirlaridan biri, Epikur yaxshilik va yomonlik faqat inson aqlidagina mavjud, shuning uchun bizni tanlash erkinligidan mahrum qila oladigan kuch yo‘q degan xulosaga kelgan.

 

Iroda erkinligi muammosiga tarixda turli yondashuvlar mavjud bo‘lib, mutafakkirlar bu muammoni noto‘g‘ri hal etishdagi keskin qarashlar volyuntarizm yoki fatalizmga olib kelishi mumkin deb hisoblaganlar. Insonning o‘zi tanlab olgan maqsad asosida amalga oshiradigan faoliyati oxir-oqibatda tabiat va jamiyatning rivojlanish qonuniyatlarini, ya’ni obyektiv zaruratni ifodalaydi. Ushbu zaruratga ko‘ra, insonga faqat tashqi hodisa deb qaramaslik lozim, chunki faqat inson faoliyati tabiat va jamiyat qonuniyatlari asoslanadi. O‘z navbatida inson ham atrof-muhitga ta’sir o‘tkazish, uni o‘zgartirishga va shu tariqa erkin bo‘lish va tanlash imkoniyatiga erishadi. Iroda erkinligi davlat va jamiyat qurilishida, siyosiy jarayonlarda barkamol avlod tarbiyasida, ayniqsa, fuqarolarning burch va mas’uliyatini chuqur his qilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, ma’rifatli, ma’naviyatli kishilar o‘z faoliyatida erkin bo‘lib, oldiga qo‘ygan maqsadga erisha oladi. Iroda erkinligiga ega bo‘lgan shaxs har qanday vaziyatda ehtiroslarini jilovlaydi, sobitqadamlik va qat’iyat ko‘rsatib aql va idrokka, qonunga, vijdon amriga tayangan holda ish ko‘radi.

 

Iroda erkinligi hamisha shaxs ma’naviyati va tafakkur tarzining uzviy qismi sifatida qismi sifatida namoyon bo‘ladi. Sharqda diniy ilm, xususan, kalom falsafasi rivojlangan davrda iroda erkinligi mutafakkirlar – Imom Moturidiy hamda Imom Ash’ariy tomonidan qayta tasniflab o‘rganilgan va ko‘pchilik tomonidan ma’qullangan. Bu zotlar iroda erkinligi borasida turli buzg‘unchi g‘oya va qarashlarga qattiq zarba berib, din va uning aqidaviy masalalarini to‘g‘ri hal etish yo‘llarini asoslaganlar. Bugungi globallashuv va modernizatsiya davrida davlatlararo, qit’alararo axborot ko‘lamining misli ko‘rilmagan darajada kengayishi insoniyat oldiga hayot va mamot, yashash uchun kurash va tanlov masalasini qo‘ymoqda. Intellektual asr hisoblangan XXI asr mavjud muammolarni bartaraf etishda barcha xalqlar, millat va shaxslarning iroda erkinligi kuchiga tayangan holda bashariyatning umumiy taqdiri uchun mas’uliyatni chuqur his qilib yashashni taqozo etmoqda. Jumladan, bizning mamlakatimizda ham ko‘zlangan ezgu maqsadlarga erishishda iroda erkinligi tamoyili beqiyos ahamiyat kasb etadi. Yurtimiz fuqarolarining iroda erkinligi daxlsiz bo‘lib, qonun muhofazasi ostidadir.

1 Izoh

Sevinch

16:02 / 14.02.2024

Men maʼlumotlardan qoniqmadim

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 136
Armon bobo

Bilasizmi?

16:07 / 02.07.2025 0 105
Yelib keldi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 563
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?

Qatra

12:05 / 19.05.2025 0 527
Hammani yig‘latgan vasiyatnoma



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 225772
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 108270
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 55924
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41306
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 40622
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31901
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 30991
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30664
Alpomish

//