Inqiroz


Saqlash
21:06 / 22.06.2023 0 2222

Inqiroz (arabcha orqaga ketish, pasayish, tugash, oxir bo‘lish, bitish) – ma’lum bir voqelikning tabiat va jamiyat taraqqiyotining obyektiv qonuniyatlariga zid kelib qolishi, muayyan jarayonlarning vaqt o‘tishi bilan yangicha talablarga javob bera olmasligi tufayli yuz beradigan tanglik holatini anglatadigan tushuncha. U jamiyat hayoti, turmush tarzining barcha sohalarini qamrab olishi mumkin. Inqirozni keltirib chiqaruvchi sabablar turlicha bo‘ladi. Aytaylik, ma’lum bir tuzumlar, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar avvalboshdanoq taraqqiyotning obyektiv qonuniyatlarini inkor qilgan holda amal qilgani tufayli tanazzul holati yuz beradi. Shu bilan birga, o‘z vaqtida ilg‘or sanalgan tuzum va munosabatlar vaqti kelib taraqqiyotga g‘ov bo‘lib qolishi, yangicha talablarga javob bera olmasligi mumkin. Bu hol ham tabiiy tarzda inqiroz holatlarini keltirib chiqaradi. Iqtisodiy inqiroz jamiyat obyektiv qonuniyatlariga zid bo‘lgan iqtisodiy faoliyat tufayli yuz beradigan bo‘lsa, ma’naviy va ruhiy inqirozga inson kamolotining ma’naviy va ruhiy jihatlariga nomutanosib bo‘lgan jarayonlar, voqea va hodisalar sabab bo‘ladi. Jamiyatdagi inqiroz holatlarining oldi olinmasa, u boshqa sohalarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 127
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 216
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 426
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 665
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234140
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113425
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67891
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56843
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51278
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39503
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39363
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39125
“Avesto”

//