In’ikos


Saqlash
21:06 / 22.06.2023 0 2010

In’ikos – narsa va hodisalarning o‘zaro ta’sirlashuvi asosida hosil bo‘ladigan hodisa, holat, jarayon va o‘zgarishni ifoda etadigan tushuncha. Bu kategoriya falsafada muhim o‘ringa ega bo‘lib, ong, tafakkur va bilish jarayonini tushuntirishga xizmat qiladi. In’ikos borliqning barcha hodisalariga xos umumiy xususiyatdir. Zero, ularning barchasi ta’sirlashuvda va o‘zgarishda. Narsa va hodisalarning o‘zaro ta’siri va ularning bir-birida aks etishi har xil ekani, in’ikosning turli darajalarini farqlash imkonini beradi. Avvalambor, tirik jonzot bilan jonsiz tabiat hodisalaridagi in’ikosni farqlash mumkin. Jonsiz narsalarda boshqa hodisalar ta’sirida qolgan izlar, ta’sirga mos o‘zgarishlar in’ikosdir. Jonsiz tabiatdagi in’ikos o‘z navbatida turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Misol sifatida mexanik ta’sir izlari (qushga qo‘yilgan qadam izi), fizik o‘zgarishlar (jismlarning issiqdan kengayishi yoki sovuqdan torayishi), kimyoviy reaksiyalar (zanglash, yonish, yemirilish kabi)ni ko‘rsatish mumkin. Bular in’ikos ta’sirining oddiy aks etishidir.

 

Tirik tabiatdagi in’ikos oddiy aks etishdan keskin farq qiladi. Eng sodda organizm va o‘simliklardagi oddiy ta’sirlanishdan tortib, asab tizimiga ega bo‘lgan organizmlardagi sezish va idrok etishgacha bo‘lgan ruhiy in’ikos tirik tabiatdagi aks ta’sir ko‘rsatish, o‘zini himoya qilish va moslashuv kabi holatlarda namoyon bo‘ladi. Tirik tabiatdagi oliy – ijtimoiy hayot in’ikosdir. Bunday in’ikos yuqori darajada tashkillashgan tizimlar faolligi bilan ajralib turadi hamda uni biologik modda almashinuvidan tortib, ongli, ijodiy, o‘zgartiruvchan faoliyatgacha ko‘rish mumkin. Ruhiy in’ikos organizmlarda asab tizimi hamda bosh miyaning evolyutsiyasi bilan birga kelib chiqqan va rivojlangan. Ruhiy in’ikos, ya’ni sezish va idrok etish yordamida organizm faoliyatini tartibga solish ta’minlanadi. Ruhiy in’ikos (tasavvur, bilim) mazmuni quyidagilar bilan belgilanadi: aks etishning nisbiyligi, ya’ni nimaning va qanday in’ikos etilishiga mos darajada farqlanishi; aks etilayotgan narsa yoki xususiyatlarning miqdori jihati; in’ikos obyektining tuzilishi; in’ikos etilayotgan hodisa bilan uning aksi o‘rtasidagi muvofiqlik, o‘xshashlik turi; hissiy obrazning predmetligi, fikrlar predmet ma’nosining aks etishi; in’ikosning qadrliligi; aksning hodisaga aynanligi.

 

Ruhiy in’ikosning shakli muayyan narsaga xos mazmunining mavjudligi, ifodalanishi hamda o‘zgarish usuli bilan bog‘liq. Ruhiy in’ikos obyektiv va subyektiv jihatlarga ega. In’ikos mazmunining moddiy belgilari (elektr toki, elektromagnit to‘lqinlari va shu kabilar.), xossalari (uzluksiz signallar tebranishi kabi), axborot uzatish uslubi (tabiiy yoki sun’iy tillar yordamida) uning obyektiv jihatlaridir. Gʻoyaviy obrazlar esa in’ikosning subyektiv jihatidir. Inson bilimi ana shu obrazlar, tasavvur, tushuncha va fikrlardan iborat. Biroq, inson bilimini psixik in’ikosdan sifat jihatidan farqlantiradigan tomoni ham bor. Bu – uning ijtimoiyligi. Aynan ijtimoiy-madaniy muhitdagi individning ruhiy in’ikosi – his qilish va idrok etishi – ratsional oqlay bilishga, tafakkur qildish va anglashga aylanishini ta’minlaydi. Aql in’ikosning eng oliy shakli bo‘lib, unda bevosita va bilvosita, ilgari va aynan shu muddatda aks etgan bilim namoyon bo‘ladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:11 / 21.11.2024 0 149
“Tarif”ning ta’rifi va tarixi

Qatra

17:11 / 21.11.2024 0 398
Yoshlar yomonlanadigan davralarda o‘tirmayman

Bilasizmi?

10:11 / 20.11.2024 0 151
“O‘dag‘a”ning o‘dag‘aylagani

Qatra

21:11 / 11.11.2024 0 223
Moʻjizaning bahosi

Qatra

15:11 / 08.11.2024 0 534
Ota va yetti o‘g‘il hikoyasi

Bilasizmi?

23:11 / 01.11.2024 0 956
“Birpas”mi, “ikkipas”?..



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 218762
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 104497
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 34225
Milliy urf-odatlar

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 27321
Kompetentlik

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 26597
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 25205
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 24909
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 21793
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//