Intuitivizm


Saqlash
21:06 / 22.06.2023 0 1028

Intuitivizm (lotincha intuitio – diqqat bilan kuzatmoq) – moddiy va ma’naviy borliqni, tajriba va tafakkurga tayanmagan holda faqat intuitsiya yordamida bilish mumkin, deb da’vo qiluvchi falsafiy oqim. Intuitivizm ongni ijtimoiy amaliyot va tafakkurga aloqasi bo‘lmagan alohida bir xususiyat, deb hisoblaydi. Intuitivizm asoschilari Aflotun, Demokrit, XIX asrdan boshlab Gegel, Feyerbax, Z.Fryeyd, F.Shelling, E.Gartman, XX asrda esa A.Bergson, E.Gusserl va boshqalardir. Intuitivizm tarafdorlari uni mutlaq qimmatga, o‘zgarmas mohiyatga ega, deb talqin etadi. Ularning nazarida, umumiy axloqiy tushunchalar o‘z-o‘zidan, isbotsiz qabul qilinadigan, intuitsiya orqali anglanadigan holatdir. XX asrda intuitivizm irratsionalizmning bir turi sifatida yuzaga keldi.

 

Intuitivizm asosan ikki shaklda namoyon bo‘lgan: 1) intellektuallikka qarshi shaklda, ya’ni intuitsiya va intellektni qarama-qarshi qo‘yish; 2) intuisiya va intellektni birlashtirish (N.O.Losskiy, S.L.Frank, Ye.N.Trubeskoy, fransuz neotomistlari E.Jilson, Mariten, ma’lum darajada E.Gusserl va fenomenologiya maktabi vakillari: M.Shiller, N.Gartman va boshqalar). A.Bergson ta’limotiga ko‘ra, intuitsiya va mantiqiy tafakkur birbiriga zid, chunki intuitsiya subyekt bilan obyektning qo‘shilishi natijasida ularning o‘rtasidagi ziddiyatning yechilishi, bartaraf etilishidan kelib chiqadi. Ekzistensializm (Marsel) tarafdorlarining fikriga ko‘ra, intuitsiya hissiyot dunyosini tark etib, ma’naviy sohaning (diniy, mistik) “tajriba”siga asoslanadi. Intuitivizm g‘oyalari dastlab XVII–XVIII asrlarda neoplatonchilarning (R.Prays, R.Kedvort, S.Klark) Kembridj maktabi tomonidan sistemalashtirildi. So‘ngra ushbu ta’limot Yevropa va AQShda keng tarqaladi. Intuitivizm bir guruh axloqshunoslar tomonidan rivojlantirilgan. Ularning fikricha, eng umumiy axloqiy tushunchalar (masalan, yaxshilik va yomonlik) “nodir” xarakterga ega bo‘lib, ularga hech qanday boshqa sifatni nisbat berib bo‘lmaydi, hattoki ular to‘g‘risida shubhalanish ham mumkin emas, chunki ular “o‘z-o‘zidan ma’lum” tushunchalar deb hisoblanadi. Ushbu ta’limotga ko‘ra, axloqiy tushunchalar mutlaq xarakterga ega bo‘lib, fan va ijtimoiy hayot tomonidan isbot qilinishi talab etilmaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 127
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 216
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 426
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 665
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234140
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113425
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67891
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56843
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51278
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39503
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39363
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39125
“Avesto”

//