Internatsionalizm


Saqlash
22:06 / 21.06.2023 0 1687

Internatsionalizm, baynalmilalchilik (lotincha inter – aro, natio – xalq) – turli millat, irqdagi kishilarning xalqaro birdamligini ifoda etadigan tushuncha. Internatsionalizm tarixiy taraqqiyotning ma’lum bosqichida, millatlarning kelib chiqishi va millatlararo munosabatlar natijasida muomalaga kiritilgan tushunchadir. Internatsionalizmning tub mohiyatini insonparvarlik, tolerantlik g‘oyalari, xalqaro hamdo‘stlik, birdamlik, hamjihatlik kabi umuminsoniy tamoyillar tashkil qiladi. Internatsionalizmni burjua davlatlarining kelib chiqishi bilan bog‘liq holda izohlash masalaga noto‘g‘ri yondashish demakdir. Tarix saboqlariga ko‘ra, xalqaro hamdo‘stlik va hamkorlik tamoyillari jahon xalqlarining turmush tarzida hamisha mavjud bo‘lgan. Internatsionalizm g‘oyasi Aflotun, Arastu, Forobiy, Ibn Sino, Nizomiy, Navoiy va boshqa allomalarning asarlarida atroflicha bayon etilgan. Internatsionalizm tushunchasini sinfiy, siyosiy va mafkuraviy jihatdan ta’riflash uning umuminsoniy mohiyatini soxtalashtirishga sabab bo‘ladi. Internatsionalizm g‘oyalari va tamoyillarining uzluksiz rivojlanib borishi umuminsoniy demokratik qadriyatlar ta’sirining kuchayishi, jahonda xalqaro tolerantlikning barqarorligi bilan bog‘liqdir. Bugungi kunda yurtimizda 130 dan ziyod millat va elat vakillarining o‘zaro ahil, tinch-totuv yashab kelayotgani, Vatan va mamlakatning gullab-yashnashi uchun bir yoqadan bosh chiqarib mehnat qilayotgani internatsionalizmning amaldagi haqiqiy ifodasidir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 127
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 216
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 426
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 665
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234140
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113425
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67891
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56843
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51278
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39503
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39363
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39125
“Avesto”

//