Intelligensiya


Saqlash
22:06 / 21.06.2023 0 1231

Intelligensiya (lotincha intellegere – bilimli bo‘lish) – ijtimoiy tizimda muayyan o‘ringa ega bo‘lgan, asosan aqliy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadigan ziyolilarning ijtimoiy tabaqasi. Aqliy, ijodiy mehnat sohasini asosiy kasb tarzida tanlagan odamlar guruhi qadimdan ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida alohida ijtimoiy tabaqa sifatida shakllana boshlagan va bu jarayon o‘rta asrlardan yangi davrga o‘tish davrida asosan tugallangan. Intelligensiyaga mansub odamlar avval erkin bilim olish orqali aqliy mehnat faoliyatini boshlagan. Keyinchalik ular o‘quv yurtlarida bilim olish bilan birga, mehnat sohasini muayyan tizimga tushirishga ham erishgan. Intelligensiya vakillari barcha ijtimoiy guruhlardan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin. Lekin intelligensiya ijtimoiy tabaqasining o‘zini o‘zi takroriy vujudga keltirish (qayta ishlab chiqarish) jarayoni hozirgi davrda o‘ziga xos holat sifatida amal qilmoqda. "Kompyuter asri", "Yangi texnologiyalar asri", "Axborot asri" degan nomlar bilan atalayotgan bu zamonda intelligensiyaning o‘rni va ahamiyati yanada ortib bormoqda. Ayniqsa, rivojlangan mamlakatlarda ijtimoiy tizim tobora intelligensiyalashib (ziyolilashib), uning miqdor va sifat darajalari tobora oshib borayotgani hozirgi davr jahon sivilizatsiyasiga xos umumiy qonuniyati sifatida e’tirof etilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 127
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 216
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 426
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 665
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234140
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113425
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67891
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56843
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51278
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39503
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39363
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39125
“Avesto”

//