Insonparvarlik. Insonparvarlik yordami


Saqlash
21:06 / 21.06.2023 0 3623

Insonparvarlik insonning yuksak ijtimoiy maqomini belgilab, bu boradagi diniy va dunyoviy, g‘oyaviy-mafkuraviy, milliy va umumbashariy qarashlar, mezonlar tuyg‘u va tushunchalar, qadriyatlar va an’analar sistemasi, faoliyat darajasini asoslab beradigan ta’limotlar, umuman insoniylikka asoslangan faoliyat va xatti-harakatni anglatadigan tushuncha. arbda insonparvarlik tamoyilini dastlab Yevropa Uyg‘onish davri mutafakkirlari ilgari surgan, degan qarash mavjud. Aslida, insonparvarlik dastavval Sharqda paydo bo‘lgan. Bundan 3–4 ming yillar avval amal qilgan qadimgi somir mix xatlarida insoniylik, insonparvarlik degan ma’nolarni bildiradigan "namlulu" so‘zining uchrashi, "Avesto"dagi "Ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal" g‘oyasi bu fikrni tasdiqlaydi. Jahon dinlarining barchasida insonparvarlik g‘oyalari ustuvordir. Ayniqsa, muqaddas islom dinining asosi va mohiyati insonparvarlikdan iborat. Chunonchi, hadisi sharifda "Odamlarga rahmli bo‘lmagan kishiga Allohning ham rahmi kelmaydi", degan so‘zlar orqali insonparvarlikka da’vat etiladi. Sobiq Ittifoq davrida insonparvarlik sinfiylik nuqtai nazaridan talqin etilib, uning asl ma’nosi soxtalashtirildi. Mustabid tuzum mafkurachilarining bu boradagi sa’y-harakatlarini xalq qabul qilmadi. Istiqlol davrida mamlakatimizda insonparvarlikni jamiyat hayotining asosiy tamoyillaridan biriga aylantirish yo‘lida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.

 

Insonparvarlik yordami insonning inson oldidagi muqaddas burchidan kelib chiqqan holda beg‘araz ko‘mak va yordam ko‘rsatishini anglatuvchi tushuncha. Insonparvarlik yordami hozirgi kunda gumanitar yordam asosan halokat yuz bergan yoki yuz berish xavfi yoqasida turgan, taraqqiyotdan orqada qolib, qashshoqlikka yuz tutgan hududlarning aholisi, harbiy to‘qnashuvlardan aziyat chekkan qochoqlar, nogiron va bemor insonlar o‘rtasida tekinga tarqatiladigan eng zarur kundalik tirikchilik vositalari hisoblanadi. Qurolli mojarolar sharoitida Insonparvarlik yordami tinch aholiga oziqovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, dori-darmonlar yetkazib berishni nazarda tutadi, o‘q-dori yoki jiddiy tan jarohati yetkazishi yoxud odam o‘ldirish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan qurilmalar, avtotransport vositalari va materiallar olib borishni ko‘zda tutmaydi. Insonparvarlik yordami tezkorlik bilan amalga oshirilishi va turli ofatlardan jabrlanganlarning mushkulini osonlashtirish uchun qo‘llanishi bilan boshqa xorijiy yordamlardan ajralib turadi. Ba’zan insonparvarlik yordami niqobi ostida mahalliy aholini zimdan o‘z tomoniga og‘dirishga urinishlar bo‘lishi ham mumkin. Uzoq saqlash uchun mo‘ljallangan oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar, ichimlik suvi, issiq kiyim-kechak va shaxsiy foydalanish uchun kerak bo‘ladigan kundalik buyumlar, chodirlar, yonilg‘i insonparvarlik yordamining turlari hisoblanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

14:07 / 15.07.2025 0 487
“Kimsan” aslida kim?

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 555
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 328
Armon bobo

Bilasizmi?

16:07 / 02.07.2025 0 302
Yelib keldi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 227175
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 109206
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 56644
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 42060
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 41211
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 32507
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31330
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 31175
Alpomish

//