Inson qalbi va ongi uchun kurash


Saqlash
22:06 / 20.06.2023 0 1125

Inson qalbi va ongi uchun kurash – hozirgi zamonda turli usul va shakllarda ko‘rsatilayotgan g‘oyaviy-mafkuraviy ta’sirning asosiy obyekti va maqsadini ifoda etadigan ibora. Gʻoya va ong munosabati haqida gap ketar ekan, quyidagi holatlarga e’tibor berish zarur. Birinchidan, muayyan g‘oya inson tomonidan qabul qilinmasligi mumkin. Ikkinchidan, muayyan g‘oya shaxs ongida faqat axborot sifatida saqlanib qolishi, ya’ni keraksiz buyum kabi inson ongining bir chetida "chang bosib" yotaverishi mumkin. Birinchi holatda g‘oya inson ongida hech qanday iz qoldirmaydi. Ikkinchi holatda esa u shaxs uchun hech qanday ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Bundan chiqadigan xulosa shuki, g‘oya faqat inson qalbini egallagan, uning ma’naviy-ruhiy holatining uzviy qismiga aylangan taqdirdagina amaldagi kuchga aylanadi. Shuning uchun ham bugungi kunda mafkuraviy kurashning bosh maqsadi inson qalbini zabt etish orqali uning ongini egallash bo‘lib qolmoqda. Bugungi kunda insoniyat qo‘lida mavjud bo‘lgan qurol-yarog‘lar Yer kurrasini bir necha bor yakson qilishga yetadi. Buni hammamiz yaxshi anglaymiz. Lekin hozirgi zamondagi eng katta xavf – insonlarning qalbi va ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurashdir. Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo‘layotgan kurashlar ko‘p narsani hal qiladi. Shu ma’noda aholi, ayniqsa, yoshlarimizning ma’naviy olamida bo‘shliq vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog‘lom hayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘usini bolalik paytidan boshlab shakllantirishimiz zarur.

 

Shuni unutmaslik kerakki, bugungi kunda inson ma’naviyatiga qarshi yo‘naltirilgan, bir qarashda arzimas bo‘lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin. Hammamiz yaxshi bilamizki, har qaysi davlatning chegaralarini daxlsiz saqlashda harbiy kuch-qudrat, qurolli kuchlar suv bilan havodek zarur. Ammo xalqimiz, avvalambor, yosh avlodimiz ma’naviy olamining daxlsizligini asrash uchun biz nimalarga tayanib-suyanib ish olib borishimiz kerak, degan savol bugun barchamizni o‘ylantirishi tabiiy. Men, hayotda ko‘p bora o‘z tasdig‘ini topgan haqiqatdan kelib chiqqan holda, bu masalada shunday degan bo‘lardim: tobora kuchayib borayotgan bunday xatarlarga qarshi doimo sergak, ogoh va hushyor bo‘lib yashashimiz zarur. Bunday tahdidlarga qarshi har tomonlama chuqur o‘ylangan, puxta ilmiy asosda tashkil etilgan, muntazam va uzluksiz ravishda olib boriladigan ma’naviy tarbiya bilan javob berish mumkin. Barchamizga ayon bo‘lishi kerakki, qayerda beparvolik va loqaydlik hukm sursa, eng dolzarb masalalar o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘yilsa, o‘sha yerda ma’naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylanadi. Va, aksincha – qayerda hushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql-idrok va tafakkur hukmron bo‘lsa, o‘sha yerda ma’naviyat qudratli kuchga aylanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:11 / 21.11.2024 0 150
“Tarif”ning ta’rifi va tarixi

Qatra

17:11 / 21.11.2024 0 398
Yoshlar yomonlanadigan davralarda o‘tirmayman

Bilasizmi?

10:11 / 20.11.2024 0 151
“O‘dag‘a”ning o‘dag‘aylagani

Qatra

21:11 / 11.11.2024 0 223
Moʻjizaning bahosi

Qatra

15:11 / 08.11.2024 0 535
Ota va yetti o‘g‘il hikoyasi

Bilasizmi?

23:11 / 01.11.2024 0 956
“Birpas”mi, “ikkipas”?..



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 218762
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 104497
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 34227
Milliy urf-odatlar

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 27321
Kompetentlik

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 26598
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 25205
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 24909
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 21794
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//