Inkvizitsiya


Saqlash
19:06 / 20.06.2023 0 1967

Inkvizitsiya (lotincha inquizitio – tekshiruv, qidiruv) – katolik cherkovi tomonidan erkin fikrli shaxslarga, papa hokimiyatining g‘oyaviy dushmanlariga qarshi kurashish maqsadida XIII asrda tuzilgan maxsus sud muassasasi. U dastlab bevosita Rim papasi tasarrufida bo‘lgan, 1231 yildan e’tiboran dominikanlar ordeniga topshirilgan. Inkvizitsiya xristianlikning sofligini saqlash g‘oyasini mutlaqlashtirgan, shu sababli aqidaparastlikka yo‘l qo‘ygan. Inkvizitsiya insoniyatning g‘oyaviy erkinligiga qarshi qator jinoyatlarni sodir etgan, shu ma’noda u ma’naviy tubanlik, jaholat va zo‘ravonlik ifodasi sifatida e’tirof etilgan. Ko‘plab olim, yozuvchi va ziyolilar mavjud siyosiy tizim va cherkov doktrinasining g‘oyaviy muxoliflari sifatida inkvizitsiya qurboni bo‘lgan. Masalan, 1600 yilda J.Bruno, 1619 yilda L.Vanini o‘tda kuydirilgan. Inkvizitorlar so‘roq paytida og‘ir jazo va qiynoqlarni qo‘llagan. Bu davrda josuslik, ayg‘oqchilik, ig‘vogarlik, sotqinlik nihoyatda avj olgan. Jazoga tortilganlarning mol-mulki cherkovning xususiy mulkiga aylantirilgani uchun inkvizitsiya cherkovga katta daromad keltirib turgan.

 

Inkvizitsiya Gʻarbiy Yevropaning juda ko‘p mamlakatlariga, keyinchalik Amerikaga yoyilgan. 1480 yili Ispaniyada alohida inkvizitsiya sud mahkamasi ta’sis etilgan. Oliy inkvizitor Torkvemada 18 yillik xizmati davrida 10 ming 220 kishini olovda yondirgani haqida tarixiy ma’lumotlar bor. Uning jinoyatidan 114 ming oila zarar ko‘rgan. Inkvizitsiya g‘oyaviy-siyosiy tizim sifatida XIX asr boshlarigacha faoliyat ko‘rsatgan. Inkvizitsiya sudlari faoliyati 1835 yilda papaning buyrug‘i bilan to‘xtatilgan. Inkvizitsiyaning ayrim diniy va siyosiy funksiyalari muqaddas kongregasiya zimmasiga o‘tkazilgan. U Vatikanda 1965 yilgacha Muqaddas diniy konselyariya kongregasiyasi nomidan ish yuritib, cherkov faoliyatidan norozi g‘oyaviy muxoliflarni katolik cherkovidan chiqarib yuborgan. 1965 yilda u Diniy ta’limot kongregasiyasi nomi bilan qayta tashkil qilingan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 314
Qahramon

Bilasizmi?

14:07 / 15.07.2025 0 867
“Kimsan” aslida kim?

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 906
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 228475
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 110088
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 58921
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 46633
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 42739
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 36501
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 34653
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31926
Kompetentlik

//