Imperiyacha tafakkur


Saqlash
19:06 / 20.06.2023 0 902

Imperiyacha tafakkur – chor imperiyasi davrida Rossiyaning mustamlakasiga aylantirilgan o‘lkalardagi mahalliy xalqlarga nisbatan rasmiy ma’muriyat va hukmron doiralar tomonidan amalga oshirilgan, manmanlik va kalondimog‘likka, qaram millatlarni ikkinchi darajali elatlar deb qarashga asoslangan munosabat bo‘lib, bu munosabat sho‘ro yillarida va undan keyin ham davom ettirildi. Rossiyaning "Nezavisimaya gazeta"ining "Bizni imperiya davrida ikkinchi darajali insonlar hisoblar edilar" nomli maqolasida imperiyacha tafakkurning ma’no-mazmunini tahlil etib berilgan.

 

Mazkur tafakkur shakli jamiyat ongiga singib, ma’lum darajada, xuddi tabiiydek bir narsaga aylanishiga Rossiyaning mustamlaka qaram xalqlar ustidan hukmronligi, ularga nisbatan ba’zida shafqatsiz, ba’zida esa makkorona olib borgan siyosati sabab bo‘ldi. Sobiq SSSR davrida Rossiya imperiyasi hududidagi yuzdan ortiq millat va elatlar o‘rniga yangi tarixiy birlik – "sovet xalqi"ni shakllantirish bo‘yicha soxta nazariya davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Bunday siyosat natijasida millatlar va elatlarning milliy manfaatlariga ulkan zarar yetkazildi.

 

1935–1985 yillar mobaynida sobiq ittifoqda maktablarda milliy tillarda o‘qitish darajasi 105 tadan 39 taga tushib qoldi, milliy tillarning mavqei qardosh respublikalar miqyosida pasayib bordi. Ittifoq respublikalari amalda ko‘p millatli ulkan davlatning oddiy ma’muriy hududlariga aylanib qoldi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 127
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 216
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 426
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 665
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234140
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113425
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67891
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56843
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51278
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39503
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39363
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39125
“Avesto”

//