Imperativ axloq


Saqlash
17:06 / 16.06.2023 0 1524

Imperativ axloq (lotincha imperativus – farmon) – axloqshunoslik tarixida muayyan iz qoldirgan nemis faylasufi I.Kant qarashlarida axloqiy qonunni tavsiflagan asosiy tushuncha. Kant gnoseologiyada bo‘lgani kabi o‘z falsafasida ham inson faoliyati va xatti-harakatlarini asoslaydigan umumiy va zaruriy qonuniyatlarni topishga harakat qilgan. Uning fikricha, imperativ axloq mutlaq, umumiy, barcha uchun ahamiyatli bo‘lishi shart, ya’ni qonun shakliga ega bo‘lishi kerak. Faqat imperativ axloqning tamoyil va qoidalariga mos keladigan xulq-atvor axloqiydir. Kant talqinidagi imperativ axloqning mazmuni Konfutsiy va Gobbsning "O‘zingga ravo ko‘rmagan narsalarni birovga ham ravo ko‘rma", Lokkning "O‘zingga ravo ko‘rgan narsani boshqalarga ham ravo ko‘r!" degan hikmatlariga o‘xshab ketadi. Aslida bunday fikr va xulosalar boshqa xalqlar, davrlar va mutafakkirlar ta’limotlarida, jumladan, islom dinining asosiy manbalaridan bo‘lmish hadislarda ham mavjud.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 127
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 216
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 426
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 665
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234140
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113425
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67891
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56843
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51278
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39503
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39363
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39125
“Avesto”

//