Immunitet


Saqlash
17:06 / 16.06.2023 0 1098

Immunitet (lotincha immunillare – biron narsadan xalos bo‘lish, qutulish) – organizmning doimiy ravishda o‘z ichki barqarorligini saqlashi, turli xususiyatlarga ega tashqi ta’sirlardan, xususan, infeksiyalar kirib kelishidan himoyalanishga qodir bo‘lgan reaksiyalar majmuasi. Inson butun hayoti davomida tashqi ta’sirga javoban aks sadolar sifatida orttirgan bilim va malakalari asosida o‘zida immunitet tizimini shakllantiradi.

 

Oxirgi paytlarda mamlakatimizda inson ma’naviyatiga nisbatan ham immunitet atamasini ishlatilmoqda. Bunda inson ongu tafakkuri, uning bilim saviyasi bilan bog‘liq holda immunitet tizimining asosiy qismlari sifatida quyidagilar ajratib ko‘rsatilmoqda:

1) voqelikni to‘g‘ri va to‘liq aks ettiradigan, inson ma’naviyatining boyishi va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladigan bilimlar;

2) shunday bilimlar zamirida shakllanadigan va mafkuraviy tajovuzlar qarshisida mustahkam qalqon bo‘lib xizmat qiladigan qadriyatlar tizimi;

3) ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy-ma’rifiy sohalardagi aniq mo‘ljal va maqsadlar.

 

Mafkuraviy immunitet tizimi ma’naviy barkamol, irodasi baquvvat, iymoni butun shaxsni tarbiyalashda, har qanday reaksion va buzg‘unchi g‘oyaviy tajovuzlarga, ma’naviy tahdidlarga munosib zarba bera oladigan yoshlarni kamol toptirishda qo‘l keladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 127
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 216
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 426
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 665
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234140
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113425
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67891
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56843
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51278
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39503
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39363
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39125
“Avesto”

//