Iltifot


Saqlash
16:06 / 16.06.2023 0 1492

Iltifot (arabcha o‘girish, burish, lutf ko‘rsatish) – kishiga qilingan marhamat, himmat, diqqat-e’tibor, yaxshi munosabatga asoslangan insoniy fazilatni ifoda etadigan tushuncha. Iltifot go‘zal insoniy fazilatlardan biri bo‘lib, lug‘atlarda ko‘rsatib o‘tilganidek, keng va chuqur ma’nolarga ega. Iltifot kishilik jamiyatini bezab, ziynatlab turuvchi, insonlar o‘rtasida mehr va shafqat tuyg‘ularini paydo qiluvchi, rivojlantiruvchi lutfdir. Iltifot yuksak madaniyat belgisi bo‘lib, iltifotli odam hech qachon birovga nisbatan bee’tibor bo‘lmaydi, hammaga bir xilda chiroyli muomala qiladi.

 

Iltifot odamlar o‘rtasidagi munosabat va muomalaning himmat, saxovat, marhamat asosida amalga oshirilishidir, xushmuomalalikdir. Masalan, avtobusda keksa odam o‘rta yashar, qo‘lida bolasi yoki og‘ir yuki bo‘lgan ayolga rahmdillik bilan joy bersa, bu uning iltifotidir. Xalqimizda qadimdan xonadonga mehmon kelsa, uy egasi – mezbon uni ochiq chehra bilan kutib olib ko‘rishganidan keyin o‘tirgan va yana o‘rnidan turib birbiriga qulluq qilgan. Bu go‘zal iltifot edi. Agar do‘stu yor va oshnalar, qarindosh-urug‘lar bir-biriga iltifotli va e’tiborli bo‘lsa, ularni bog‘lab turgan rishtalar yanada kuchayadi. "Navoiy asarlari lug‘ati"da lutf so‘ziga quyidagicha izoh berilgan: "Muloyimlik, rahmdillik, yaxshi muomala, marhamat; lutfi oliy – oliy marhamat, lutf aylamak – yaxshilik qilmoq, marhamat etmoq". Alisher Navoiyning "Hayratul-abror" asarida lutf bobida shunday misol keltirilgan: "Shoh boqib ko‘rdi chu noshod ani, Lutf etibon oyladi ozod ani". Qadimda lutfning quyidagi turlari bo‘lgan: lutfi tab’ – zehn yorqinligi; lutfi maqol – so‘z muloyimligi; lutfi amiym – zo‘r marhamat; lutfi mufrid – yuksak marhamat. Ushbu izohlardan ma’lum bo‘ladiki, iltifotning eng yuqorisi "lutfi oliy"dir. Oliy lutf deganda o‘ta rahmdillik va marhamat bilan qilingan yaxshilikni tushunmoq kerak. Bundan tashqari, "Iltifot" so‘zida xayrixohlik ma’nosi ham bor. Xayrixoh inson birovning dardu tashvishiga befarq qarab turmaydi, unga yordam berishga oshiqadi. Shu bilan birga, xayrixoh inson birovning shodligi, quvonchidan quvonadi. Muloyim so‘zli, chehrasi ochiq, samimiy tabassumli kishilar orasida nizoyu janjal emas, do‘stlik va mehr rishtalari mavjud bo‘ladi.

 

Mumtoz adabiyotimizda iltifot so‘zining muqobillaridan yana biri karamdir. Alisher Navoiy ta’biricha, "Karam bir jabr langanning qattiqchilik yuki ni ko‘tarmoq va uni o‘sha qiyin chilikdan qutqarmoqdir. Karam birovning mashaqqat tikani og‘ir ligini ko‘tarmoq va u tikan ichidan guldek ochilmoq va o‘sha qilingan ishni qaytib tilga keltirmaslik, og‘izga olmaslik, kishiga minnat qilmaslik va uning yuziga solmaslikdir". Demak, iltifot so‘zi o‘z fazilatlari bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan insonga nisbatan qo‘llanib, bunday shaxsni barkamol inson, ma’naviyati yuksak odam deyish mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:11 / 21.11.2024 0 150
“Tarif”ning ta’rifi va tarixi

Qatra

17:11 / 21.11.2024 0 398
Yoshlar yomonlanadigan davralarda o‘tirmayman

Bilasizmi?

10:11 / 20.11.2024 0 151
“O‘dag‘a”ning o‘dag‘aylagani

Qatra

21:11 / 11.11.2024 0 223
Moʻjizaning bahosi

Qatra

15:11 / 08.11.2024 0 535
Ota va yetti o‘g‘il hikoyasi

Bilasizmi?

23:11 / 01.11.2024 0 956
“Birpas”mi, “ikkipas”?..



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 218762
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 104497
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 34229
Milliy urf-odatlar

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 27321
Kompetentlik

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 26598
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 25218
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 24910
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 21795
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//