Ikkiyuzlamachi(lik)


Saqlash
15:06 / 16.06.2023 0 5037

Ikkiyuzlamachi(lik) – ma’naviy illat sifatida unga boshqa, bunga boshqacha gapni so‘zlaydigan, ikki odamga ikki xil muomala qiladigan kishiga xos munofiqlik va riyokorlikni ifoda etadigan tushuncha. Ikkiyuzlamachi bir odamga bir xilda, boshqasiga boshqa xilda yolg‘on so‘zlab, ularni bir-biriga dushman qiladi, orada nizo chiqaradi. U qasddan yomonlik qilmagan holatlarda ham, muomalasi, tutgan yo‘lining o‘zi buzg‘unchilikka olib keladi. Ikkiyuzlamachi, odatda, samimiydek so‘zlaydi, samimiydek ish yuritadi, lekin shu tariqa sodda odamlarni aldab, to‘g‘ri yo‘ldan adashtiradi. Ikkiyuzlamachi do‘stni do‘stdan, qarindoshni qarindoshdan, birodarni birodardan ajratadi, ularni bir-biriga begona qiladi. Ikkiyuzlamachi riyokor, makkor, munofiq, bezbet bo‘lganidan unda uyat hissi bo‘lmaydi.

 

Imom Buxoriy "Al-jome’ as-sahih"da ikkiyuzlamachilik borasida ushbu hadisni keltiradi: Abu Hurayra rivoyat qiladilar: Rasululloh (s.a.v.): «Qiyomat kuni Alloh taoloning dargohida bir odamga bu yuzi birlan, ikkinchi odamga ersa boshqa yuzi birlan yuzlanuvchi eng yomon odamlarni – ikkiyuzlamachilarni uchratasan, dedilar" ("Hadis", T., 1996, 2-jild, 112–113-betlar). Hadisda "yomon odamlar" emas, "eng yomon odamlar" – ikkiyuzlamachilardir, deyilmoqda. Demak, ikkiyuzlamachilarning insonlarga, jamiyatga keltiradigan zarari boshqa yomon odamlar keltiradigan zararlaridan ko‘ra ko‘proqdir. Shirin so‘zlar so‘zlab, ba’zida o‘zini juda bechorahol ko‘rsatib, bir oy, ikki oydan keyin qaytaraman, deb katta mablag‘larni qarzga olib, keyin undan tonadigan odamlar ham borki, ular ayni ikkiyuzlamachilardir. Bu yo‘lga kirgan odamning undan chiqib ketishi borgan sari qiyinlashadi. Ikkiyuzlamachi yo‘q narsani bordek, borni esa yo‘qdek qilib ko‘rsatishga usta. U bir makkor ishni amalga oshirib, boshqasiga kirishadi. Ayniqsa, ikki-uchta ikkiyuzlamachi biror narsada sheriklik bilan ish qilsa, bir-birini aldash borasida musobaqa o‘ynab, oxir-oqibatda hammasi chohga tushadi, bir-birining oyog‘idan tortib, jarga qulaydi.

 

Ikkiyuzlamachilikning badiiy adabiyot va sahna san’atidagi ko‘rinishlari Shekspirning "Otello" fojiasidagi Yago rolida juda mahorat bilan tasvirlangan. "Bo‘htonning egi yo‘q, makrning – cheki yo‘q" degan maqol bor. Maqoldagi "eg" so‘zi yaxshilik, ezgulikni anglatadi. Ya’ni, bo‘htonning hech yaxshi joyi yo‘q, bo‘hton eng jirkanch narsadir, makrning esa cheki-chegarasi yo‘qdir. Ikkiyuzlamachilik ham makr, ham bo‘htondan iborat bir fe’ldir. Yana bir maqolda "Ne xilda yashasang, shu xilda o‘ylaysan" deyiladi. Makkorning turish-turmushi makr ekan, uning xayoli ham makr bilan banddir. Ikkiyuzlamachining qilmishlari baribir fosh bo‘ladi, shunda hamma halol odamlar undan nari bo‘lishga intiladi. She’r: Makkorning doimo riyodir ishi, // Faqat yolg‘on so‘zlar munofiq kishi. // Bunday odamlardan bo‘lmasang uzoq, // Bir kuni keladi uning tashvishi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 136
Armon bobo

Bilasizmi?

16:07 / 02.07.2025 0 105
Yelib keldi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 563
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?

Qatra

12:05 / 19.05.2025 0 527
Hammani yig‘latgan vasiyatnoma



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 225769
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 108268
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 55924
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41305
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 40621
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31901
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 30991
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30661
Alpomish

//