Izzat-­nafs


Saqlash
15:06 / 16.06.2023 0 6960

Izzat-­nafs (arabcha izzati nafs – nafsini ulug‘lovchi, hurmat qiluvchi) – kishining o‘z qadr-qimmati va sifatlarini qadrlash hissi, mavqei, obro‘-e’tiborini saqlash tuyg‘usi, boshqalarning behurmatlik, mensimaslik kabi salbiy sifatlaridan himoyalanish xususiyatini anglatuvchi tushuncha. Bu xislat yoshu qariga xos bo‘lib, kishining ma’naviy kamoloti va ruhiy-irodaviy holati hamda nafsoniyatini qadrlash darajasidan kelib chiqadi. Shuningdek, izzat kishining jamiyatdagi darajasini belgilovchi omil sifatida ijtimoiy mazmun kasb etadi. Arastu bunday degan ekan: "Izzat tilasang – iffatli bo‘l, ulug‘lik tilasang – muloyim bo‘l, zafar tilasang – adolat yo‘lini tut, qadr tilasang – rostgo‘y bo‘l, najot tilasang – sabr qil, ilm o‘rganmoqchi bo‘lsang – jiddu jahd qil".

 

Arastu ta’limoti bo‘yicha iffatlilik kishida izzatlilik darajasini ta’minlash uchun muhimdir. Iffatli kishi axloqan mukammal jihatlarni o‘zida mujassamlantirib, shaxsiy manfaatni jamiyat manfaatlaridan ustun qo‘ymaydi. Shu bois u el orasida izzat topib, ehtiromda bo‘ladi. "Aytishlaricha, izzat va ulug‘likning sabablari beshtadir, ya’ni mazkur beshta sifat kimda bo‘lsa, u odam ulug‘lik va izzat otiga minadi. Ular quyidagilardir: to‘g‘riso‘zlik, sirni yashira bilish, va’daga vafo, nasihatni qabul qilish va omonatga xiyonat qilmaslik". Demak, to‘g‘riso‘zlik ham izzatli kishining belgisidir. Navoiy ta’biri bilan aytganda: "Insonni so‘z judo ayladi hayvondin, Bilgilki, guhari sharifroq yo‘q ondin". Demak, shunday ekan, so‘zning ulug‘ligini idrok etib, to‘g‘riso‘zlik tamoyillariga rioya etish izzatlilikning, demakki, insoniylikning muhim belgisidir. Sirini yashira bilmaslik, ya’ni hamma joyda o‘zligini namoyish qilaverish ham inson izzatining pasayishiga olib keladi. Va’daga vafo qilish ham jamiyatda shaxs izzatining oshishiga xizmat qiladigan omil sifatida e’tiborlidir.

 

Milliy mentalitetimizda va’daga vafo qilish muhim hisoblanib, va’daboz kimsalar, ya’ni va’daga vafo qilmaydiganlar qattiq qoralanib, jamiyatda e’tiborsiz kimsalar sifatida qaraladi. Nasihatni eshitib, unga amal qilish – yaxshi axloq belgisi. Omonatga xiyonat qilmaslik, uni bus-butun holida egasiga yetkazish ham insoniylik alomatidirki, shaxsning izzatlilik darajasi ana shu omillar bilan belgilanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

14:07 / 15.07.2025 0 485
“Kimsan” aslida kim?

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 545
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 323
Armon bobo

Bilasizmi?

16:07 / 02.07.2025 0 299
Yelib keldi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 227140
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 109180
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 56583
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41862
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 41189
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 32472
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31321
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 31109
Alpomish

//