Ijtimoiy­-siyosiy g‘oyalar. Ijtimoiy faollik. Ijtimoiy qatlam. Ijtimoiy qonuniyat


Saqlash
17:06 / 15.06.2023 0 2269

Ijtimoiy­-siyosiy g‘oyalar – har bir xalq, butun bashariyatning orzu-umidlari, maqsad-muddaolarini ifoda etadigan, erkin hayot va adolatli tuzum, davlat va jamiyat qurilishi, millat va elatlar kelajagi haqidagi umuminsoniy g‘oyalar. Ozodlik va mustaqillik, adolat, haqiqat, do‘stlik, tenglik va hamkorlik, tinchliksevarlik va insonparvarlik g‘oyalari shular jumlasidandir. Asrlar mobaynida bunday buyuk, o‘lmas g‘oyalar xalqlarga kuch-quvvat va ilhom bag‘ishlab, ularni o‘z baxtu saodati, farovonligi uchun kurashga safarbar etib kelgan.

 

Ijtimoiy faollik – ijtimoiy subyektlar (jamiyat, tabaqa, guruh va shaxslar)ning ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtirokining, mehnat hamda madaniy-ma’rifiy faoliyatining kuchayishi, qonunda belgilab qo‘yilgan huquq va burchlarini to‘liq amalga oshirishga intilishi. Ijtimoiy faollik shaxsning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi va xulq-atvorini ongli ravishda boshqarishining asosiy sharti hisoblanadi. Ijtimoiy faollikning uch turi mavjud: ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va madaniyat, mehnat hamda turmush sohasidagi. Mehnat faolligi mehnat munosabatlari sohasida namoyon bo‘ladi va subyektning kasbiy-ijtimoiy vazifani bajarishi bilan bog‘liq holda yuzaga chiqadi. U ijtimoiy faollikning asosiy, belgilovchi turi sifatida e’tirof etiladi. Uning shakllari quyidagicha: tejamkorlik, saranjomlik uchun harakat, ilmiy-texnikaviy ijodda ishtirok etish, ratsionalizatorlik, ixtirochilik va boshqa harakatlar. Ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va madaniyat hamda turmush sohasidagi faollik shaxsning ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy jarayonlardagi, shaxsiy hayotdagi faoliyatida namoyon bo‘ladi.

 

Ijtimoiy qatlam – umumiy xususiyatlari, intilish va manfaatlari hamda ijtimoiy qarashlariga ko‘ra alohida guruhni tashkil etadigan kishilar jamoasi. Sobiq sho‘rolar davrida sinflar o‘rtasidagi farqlar qatori ijtimoiy qatlamlar orasidagi tafovutlarni ham yo‘qotish g‘oyasi ilgari surilgan edi. Lekin bu farqlar tabiiy rivojlanish natijasi bo‘lgani uchun saqlanib qolavergan. Mustaqillik sharoitida yangi ijtimoiy qatlamlar paydo bo‘lmoqda. Masalan, o‘rta sinf – tadbirkor va ishbilarmon odamlar qatlami bozor munosabatlari sharoitida jamiyat taraqqiyotida hal qiluvchi kuch sifatida maydonga chiqmoqda.

 

Ijtimoiy qonuniyat – jamiyat hayotida obyektiv mavjud bo‘lib, izchil takrorlanib turadigan voqea-hodisalar yoki tarixiy jarayon bosqichlari o‘rtasidagi taraqqiyotni aks ettiradigan barqaror aloqadorlik. Ijtimoiy qonuniyat XVIII asrda fransuz tarixchilari Tyerri, Menye, Gizo asarlarida asoslab berildi. Ijtimoiy qonuniyat kategoriyasining shakllanishida Gegel qarashlari ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Marks va Engels ijtimoiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida qaytarilib turadigan jarayonlarni hisobga olib, ijtimoiy-iqtisodiy formasiya nazariyasini yaratdi. Bu nazariya kapitalizm halokatini isbotlashga qaratilgan edi. Unda, ijtimoiy qonuniyatga ishchilar sinfi manfaatlari nuqtai nazaridan yondashilgan edi. Hozirgi vaqtda bu qonuniyatlar zamon va taraqqiyot talablariga javob berolmay qoldi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 136
Armon bobo

Bilasizmi?

16:07 / 02.07.2025 0 105
Yelib keldi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 563
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?

Qatra

12:05 / 19.05.2025 0 527
Hammani yig‘latgan vasiyatnoma



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 225769
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 108268
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 55924
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41305
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 40621
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31901
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 30991
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30661
Alpomish

//