Ijtimoiy hamkorlik


Saqlash
17:06 / 15.06.2023 0 2335

Ijtimoiy hamkorlik – turli millat, irq va dinga mansub kishilar hamda guruhlarning umumiy maqsad yo‘lida birgalikda, bir yoqadan bosh chiqarib faoliyat olib borishi, ularning o‘zaro hamjihatligini ifoda etadigan atama. Ijtimoiy hamkorlik jamiyatda tinchlik va barqarorlik, yuksak taraqqiyotni ta’minlashning muhim omilidir. Ijtimoiy hamkorlik bo‘lmagan jamiyatda bosh boshdoqlik, turli millat va elat vakillari o‘rtasida ishonchsizlik ortib, qarama-qarshilik va ziddiyatlar kuchayishi, bu esa oxir-oqibatda og‘ir inqirozga olib kelishi mumkin. Ijtimoiy hamkorlik g‘oyasini amalga oshirish yo‘lida g‘ov bo‘ladigan eng xatarli to‘siqlar aqidaparastlik, terrorizm, ekstremizm, ayirmachilik, mahalliychilik, tajovuzkor millatchilik va shovinizmdir. Bunday zararli g‘oyalar ta’siriga tushib qolgan jamiyat tabiiy ravishda halokatga yuz tutadi. Bunga uzoq va yaqin tarixdan ko‘plab misollar keltirish mumkin. Mafkuraviy kurashlar kuchayib borayotgan bugungi kunda fuqarolarimiz o‘rtasida ijtimoiy hamkorlikni kuchaytirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy hamkorlik masalasi biz uchun yangi tushuncha bo‘lmay, o‘zining tarixiy ildizlariga ega. Ma’lumki, O‘zbekiston diyorida qadimdan turli sivilizasiya vakillari, madaniy qatlamlar, xilma-xil e’tiqod va dunyoqarashlar yonma-yon yashab, ijtimoiy hamkorlik asosida rivojlanib kelgan. Bu tuproqda jahonni hayratga solgan sivilizasiyaning ildizlari vujudga kelgan, insoniyat tarixining eng qadimgi davrlariga mansub diniy va falsafiy an’analar shakllangan.

 

Qadimgi yunon faylasufi Geraklit bu yurtni "falsafiy tafakkur beshigi", deb bejiz ta’riflamagan. Shuni ta’kidlash joizki, bizning sivilizatsiyamiz o‘ziga xos tolerant tafakkurga tayangan. Ona zaminimizda uzoq vaqt otashparastlik, buddaviylik, yahudiylik, xristianlik, islom dinlari birgalikda faoliyat ko‘rsatib, rivojlanib kelgani, tabiiyki, ijtimoiy hamkorlik mevasidir. Bugungi kunda mamlakatimizda turli millat va din vakillari manfaatlarini uyg‘unlashtirish, ular orasida totuvlikni ta’minlash asosida ijtimoiy hamkorlikka erishish taryotning hal qiluvchi omillaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 8-moddasida "O‘zbekiston xalqini millatidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi" deb aniq belgilab qo‘yilgan. "O‘zbekiston xalqi" tushunchasi mamlakatimizda yashab, yagona maqsad yo‘lida mehnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kishilar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, do‘stlik, hamjihatlik asosida jamiyatda ijtimoiy hamkorlikning ta’minlanishi uchun huquqiy-ma’naviy poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Milliy g‘oyamizning asosiy tamoyillaridan biri ham ijtimoiy hamkorlik dir. Bugungi kunda ana shu tamoyil asosida yurtimizda turli millat, guruh va qatlamlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish milliy taraqqiyotimizda tobora ustuvor ahamiyat kasb etib bormoqda.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 136
Armon bobo

Bilasizmi?

16:07 / 02.07.2025 0 105
Yelib keldi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 563
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?

Qatra

12:05 / 19.05.2025 0 527
Hammani yig‘latgan vasiyatnoma



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 225769
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 108268
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 55924
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41305
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 40621
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31901
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 30991
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30661
Alpomish

//