Ijtimoiy tarbiya


Saqlash
16:06 / 15.06.2023 0 15349

Ijtimoiy tarbiya – tarbiyaning muhim bir shakli, butun jamiyat, xalq, millat va tabaqaga ko‘rsatilgan maqsadga muvofiq ma’naviy ta’sirni ifoda etadigan tushuncha. Ijtimoiy tarbiya shaxs ongu tafakkuri, ma’naviy-ma’rifiy olamini jamiyatning maqsad va vazifalariga uyg‘un hamda hamohang ravishda shakllantirish va rivojlantirish jarayoni, kishilarni ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotda faol ishtirok ettirishga da’vat etadigan barcha ezgu ta’sir hamda omillar majmui. Ijtimoiy tarbiya – tarbiyaviy ta’sirning aniq maqsad asosida amalga oshiriladigan, oila tarbiyasi, mahalla tarbiyasi, maktab tarbiyasi, o‘rta maxsus va oliy ta’lim tarbiyasi, mehnat jamoasi tarbiyasi, jamoatchilik tarbiyasi kabi tarbiya institutlarini qamrab oladigan murakkab ma’naviy-ma’rifiy jarayondir. Ijtimoiy tarbiya tizimi samaradorligini oshirish ushbu jarayon tashkilotchilari va targ‘ibotchilarining uning maqsad va vazifalari, ustuvor yo‘nalishlari, omil va vositalari, usul-uslublari haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishi, zamon talablari asosida ish olib borishiga bog‘liq. Mamlakatimizda yangi jamiyat asoslari barpo etilayotgan hozirgi sharoitda ijtimoiy tarbiyaning asosiy maqsadi fuqarolarni insonparvar demokratik jamiyat, huquqiy davlat qurish ishiga safarbar etish, yagona umumilliy g‘oya atrofida birlashtirishdan iborat. Uning asosiy vazifasi esa jismoniy baquvvat, ma’naviy yetuk, ruhan tetik, mustaqil fikrlash, ishlash va yashash qobiliyatiga ega bo‘lgan, zamonamizning ilm-fan, texnika-texnologiya yutuqlarini, ilg‘or kasb-hunarlarni egallagan barkamol insonni shakllantirishdan iborat.

 

Har bir davrning o‘ziga xos ijtimoiy tarbiya usullari va vositalari bo‘ladi. Qadim zamonlarda ijtimoiy tarbiya yosh avlodning keksa avlod tajribalarini o‘zlashtirib olishidan iborat bo‘lgan. Ijtimoiy tarbiya asosan mehnat faoliyati (ovchilik, chorvachilik, dehqonchilik kabi) jarayonida, turli urf-odat va marosimlarni o‘tkazish vaqtida amalga oshirilgan. U asosan jismoniy baquvvat bo‘lishga qaratilgan. Ijtimoiy tarbiya jismoniy, harbiy, vatanparvarlik, tarixiy tarbiya, ma’naviy-ma’rifiy, estetik tarbiya singari turlarga bo‘linadi. Jismoniy, harbiy, vatanparvarlik tarbiyalari mohiyatida mushtaraklik ham, o‘ziga xoslik ham borki, ular shaxsning ijtimoiylashuvini ta’minlaydi. Jismoniy tarbiyada insonning gavda va vujudi chiniqtiriladi, harbiy tarbiyada insonga harbiy bilim va malaka beriladi, vatanparvarlik tarbiyasida insonning ruhi tarbiyalanib, unda ona Vatan taqdiri uchun mas’ullik fazilatlari rivojlantiriladi. Ijtimoiy tarbiyalashda ota-ona mehri, Vatan muhabbati, ustoz-shogirdlik an’analari, milliy qadriyatlar, shuningdek, mahalla va jamoat nazorati ham katta ta’sir kuchiga ega bo‘lib, yoshlar kamolotida muhim ahamiyat kasb etadi. Globallashuv davri tarbiyaning boshqa shakllari qatori ijtimoiy tarbiya tizimini ham takomillashtirishni talab etmoqda. Shundan kelib chiqqan holda yurtimizda samarali ijtimoiy tarbiya tizimi shakllantirildi. Bunda, ayniqsa, oila va mahalla institutini qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar, yoshlar tashkilotlari faoliyatini yaxshilash, turli ijtimoiy jamg‘armalar, davlat va nodavlat tashkilotlarni tuzish, OAVni rivojlantirish borasidagi farmon va qarorlar muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qatra

15:04 / 17.04.2025 0 223
Marhamat aya sog‘inchi

Bilasizmi?

10:04 / 08.04.2025 0 272
Narxning navosi

Bilasizmi?

17:03 / 12.03.2025 0 1813
Turkistondagi qadimiy ayollar bayrami



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 224435
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 107529
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 54549
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 39330
Xarakter

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 39218
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 30776
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 30264
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 29702
Alpomish

//