So‘zga chechan mashhurlar


Saqlash
16:11 / 16.11.2021 0 1320

Yunon faylasufi Diogen nega odamlar qashshoqlarga bajonidil sadaqa beradi-yu, faylasuflarga yordam qo‘lini cho‘zmaydi, deya bahslashayotgan ikki kishini ko‘rib, ularga bunday debdi:

– Odamlar bir kunmas bir kun nogiron, piyonista bo‘lib yoki abgor ahvolga tushib qolishi mumkinligidan qo‘rqadi, ammo hech kim faylasufga aylanaman deb o‘ylamaydi.

* * *

Bir davlatmand Aristippdan o‘g‘liga ta’lim berishini iltimos qilibdi. Faylasuf xizmati evaziga katta haq so‘rabdi.

– Namuncha qimmat? – debdi boy norozi bo‘lib. – Buncha pulga eshak sotib olishim mumkin.

– Sotib olaqoling, – deb javob qilibdi faylasuf, – shunda eshagingiz ikkita bo‘ladi.

* * *

Bir yunon shoiri she’rlarini doim Avgustga ko‘rsatar, ammo imperator uni mukofotlamas ekan. Ovi yurmagan shoir yana qoralamalarini ko‘tarib kelganda, imperatorning o‘zi bir she’r yozib unga uzatibdi. Shoir she’rni darrov o‘qibdi-da, hukmdorni maqtashga tushibdi, so‘ng cho‘ntagida bor pulini chiqarib unga beribdi.

– Ma’zur tutgaylar, hazratim, bundan ortig‘iga  qurbim yetmadi.

Ushbu topqirlik hukmdorga ma’qul kelibdi va shoirni mo‘maygina mukofot bilan siylabdi.

* * *

Qirol Lyudovik XI ning bir munajjimi bo‘lardi. U qirol ko‘ngil qo‘ygan xonimning sakkiz kundan so‘ng vafot etishini bashorat qiladi. Qarangki, bashorat to‘g‘ri chiqadi. Shunda qirol uni huzuriga chaqirib, so‘raydi:

– Sen odamlar taqdiri borasida shunday bilgich ekansan, xo‘sh, o‘zingning qancha umring qolganini ayta olasanmi?

Bashoratchi qirol ko‘ngliga bir yomonlikni tugib qo‘yganini payqaydi shekilli, kiprik  qoqmay javob qiladi:

– Men sizning vafotingizdan uch kun oldin o‘laman, zoti oliylari!

Ziyraklik  bilan berilgan bu javob sabab qirol yovuz niyatidan qaytadi.

* * *

Lyudovik XII a’yonlardan biri qo‘l ostidagi dehqonni kaltaklaganini eshitib qolibdi. Bundan bag‘oyat achchiqlangan qirol mehmondorchilikda o‘sha mushtumzo‘rning oldiga non qo‘ymaslikni buyuribdi. Ziyofatdan so‘ng undan:

– Qani ayt-chi,  eng tansiq yegulik nima ekan? – deb so‘rabdi.

– Non-da, hazratim!

– Unda o‘sha ne’matni yetishtirgan odamga qo‘l ko‘tarish ahmoqlik ekaniga nega aqling yetmadi?

* * *

Karl V buyuk musavvir Titsianning iste’dodini behad qadrlar edi. Musavvir hukmdor huzurida rasm chizayotganida mo‘yqalami yerga tushib ketadi. Qirol mo‘yqalamni olib egasiga uzatarkan bunday deydi:

– Titsian  qirol xizmat qilsa arziydigan san’atkordir!

* * *

Ulug‘ Mikelanjelo hamkasbi Franchianing bag‘oyat xushsurat o‘g‘lini ko‘rib, bunday deydi:

– Otang rangtasvir asaridan ko‘ra tirik odamni yaratishga usta ekan!..

* * *

Bir keksa zobitni nogironlar uyiga o‘tkazmoqchi bo‘lishganda u qiroldan xizmatda qoldirishini iltimos qilibdi.

– Axir keksayib qolgansiz, – debdi unga hukmdor.

– Hazratim, – deya e’tiroz bildiribdi zobit, – men sizdan atigi uch yosh kattaman va saltanatingizda yana kamida yigirma yil xizmat qila olaman deb o‘ylayman.

* * *

Viktor Hyugo xorijga ketayotgan ekan.

– Nima ish qilasiz? – deb so‘rabdi chegara xizmatchisi anketa to‘lg‘izayotib.

– Yozaman.

– Nima bilan tirikchilik  qilasiz deb so‘rayapman?

– Qalam bilan.

– Bo‘pti, unda “Hyugo – qalam sotuvchi” deb yozib qo‘yamiz.

 

 

Rus tilidan Shodmon Otabek

tarjimasi

 

“Tafakkur” jurnali, 2015 yil 3-son

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:12 / 03.12.2024 0 46
Pul va minora – ular “qarindosh”mi?

Bilasizmi?

17:11 / 21.11.2024 0 234
“Tarif”ning ta’rifi va tarixi

Qatra

17:11 / 21.11.2024 0 521
Yoshlar yomonlanadigan davralarda o‘tirmayman



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 219187
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 104700
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 35347
Milliy urf-odatlar

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 27552
Kompetentlik

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 27483
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 26664
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 25379
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 22638
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//