Ijod. Ijodiy tafakkur


Saqlash
17:06 / 14.06.2023 0 3023

Ijod (arabcha yaratish, kashf etish, vujudga keltirish) – badiiy, ilmiy, amaliy asar yoki moddiy boylikni yaratish, vujudga keltirish. Ijod, mohiyatan, yaratuvchilik faoliyati bo‘lib, inson ma’yanaviyatining amaldagi ko‘rinishini ifoda etadi. Ijod inson faoliyatining shunday o‘ziga xos turiki, bunda his-tuyg‘u, bilim va tafakkur uyg‘unligi asosida moddiy yoki ma’naviy boylik yaratiladi. Bu jarayonda inson ilm-fan va ijod olamida shu paytga qadar ma’lum bo‘lmagan qonunlarni kashf etishi, yangi usul yoki qoida, andoza yoki model ixtiro qilishi, original ilmiy, badiiy asar yaratishi mumkin. Ijod badiiy tafakkur bilan bog‘liq bo‘lsa – badiiy ijod, ilmiy tafakkurga oid bo‘lsa – ilmiy ijod, texnik faoliyat bilan bog‘liq bo‘lsa – texnik ijod deb ataladi. Yaratuvchanlik faoliyatining samarasi, ya’ni insonning badiiy, ilmiy, texnik tafakkuri mahsuli bo‘lgan ilmiy va badiiy asarlar, ishlanmalar, ratsionalizatorlik ishlari ham ijod deyiladi. Ijod murakkab ruhiy jarayon bo‘lib, unda shaxs ruhiyatining barcha qatlamlari ishtirok etadi. Ijod – mehnatning yuksak shakli bo‘lib, insonlar ehtiyojini qondiradigan va ijtimoiy foyda keltiradigan mehnatdir. Ijod erkinligi – inson huquq va erkinliklarining ajralmas bir qismidir. U olim yoki ijodkorning xohlagan mavzu va shaklda ijodiy asar yaratishini, uni OAV, shuningdek, teatr, kino san’ati asarlari ko‘rinishida ommaga yetkazish imkoniyatini nazarda tutadi. Muayyan xalq yoki millat tomonidan yaratilib, asrlar davomida avloddan avlodga o‘tib, sayqallanib boradigan she’riy va nasriy asarlar, maqol hamda matallar, hikmatli so‘zu iboralar, xattotlik, raqs, musiqa, kulolchilik, me’morchilik, naqqoshlik, zardo‘zlik san’ati namunalari xalq ijodi degan umumiy nom bilan yuritiladi.

 

Ijodiy tafakkur – erkin fikrlash va ijodkorlik tamoyili ustuvor bo‘lgan tafakkur shakli. "Tafakkur" arabcha "fikr" so‘zidan yasalgan bo‘lib, o‘ylash, fikr-mulohaza yuritish degan ma’nolarni bildiradi. Ijodiy tafakkur esa voqea-hodisalarni qiyoslash, taqqoslash, tahlil etish asosida fikrni rivojlantirish, uning yangi-yangi qirralarini ochish, shu tariqa bilim va tasavvur dunyosini boyitib borishni anglatadi. Ijodiy tafakkur – insonga xos eng muhim xususiyatlardan biridir. Bu xususiyatdan mahrum bo‘lgan inson bamisoli hamma ishni ko‘r-ko‘rona bajaradigan qulga aylanib qoladi. Ijodiy tafakkur sohibi o‘z mustaqil fikriga ega bo‘ladi. U hayotga, odamlarga erkin munosabatda bo‘lib, har qanday voqea-hodisa yuzasidan o‘z fikrini erkin ifoda qila oladi. Ijodiy tafakkur – jamiyatni ma’naviy yangilash, odamlarning ongu tafakkurini yuksaltirish, ezgu g‘oyalar tantanasini ta’minlashning muhim shartidir. Shuning uchun hozirgi vaqtda mamlakatimizda huquqiy demokratik jamiyat qurish jarayonida ijodiy tafakkur rivojiga alohida e’tibor berilmoqda. Mutafakkir so‘zining o‘zagi ham fikrdir. Lekin fikr yuritish qobiliyatiga ega bo‘lgan odamlarning hammasini ham mutafakkir deb bo‘lmaydi. Yuksak, teran va qudratli tafakkur sohibi, milliy va umumbashariy qadriyatlar rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ijodkorlar, alloma va aziz-avliyolar mutafakkir deb atashga munosibdir.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:11 / 21.11.2024 0 150
“Tarif”ning ta’rifi va tarixi

Qatra

17:11 / 21.11.2024 0 398
Yoshlar yomonlanadigan davralarda o‘tirmayman

Bilasizmi?

10:11 / 20.11.2024 0 151
“O‘dag‘a”ning o‘dag‘aylagani

Qatra

21:11 / 11.11.2024 0 223
Moʻjizaning bahosi

Qatra

15:11 / 08.11.2024 0 535
Ota va yetti o‘g‘il hikoyasi

Bilasizmi?

23:11 / 01.11.2024 0 956
“Birpas”mi, “ikkipas”?..



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 218762
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 104497
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 34229
Milliy urf-odatlar

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 27321
Kompetentlik

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 26598
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 25218
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 24910
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 21795
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//