Idrok


Saqlash
16:06 / 14.06.2023 0 10758

Idrok (arabcha aql vositasida bilish, qabul qilish) – aql asosidagi murakkab bilish jarayoni, ruhiy-intellektual qobiliyat. Tafakkur – fikrlash, tahlil etish orqali bilish bo‘lsa, idrok narsa-hodisalarning xossa va xususiyatlarini umumlashtirish orqali bilishdir. Idrok etish jarayoni qisqa yoki uzoq muddatli bo‘lishi mumkin. Appersepsiya hodisasi tufayli odamlar o‘z Idrokining mazmuni bilan bir-biridan muayyan darajada farq qiladi. Ya’ni, ular aynan bir narsani, o‘z bilim saviyasi, maslagi, pozitsiyasi, dunyoqarashi, ijtimoiy kelib chiqishiga qarab, turlicha idrok qiladi yoki aks ettiradi. Masalan, "ildiz" tushunchasini biologlar o‘simliklarning moddiy asosi, matematiklar ildiz ostidagi sonlar, shifokorlar esa tishning ildizi, sotsiologlar qarindosh-urug‘chilik, umumiy ijtimoiy omillar tarzida idrok etadi va qo‘llaydi. Appersepsiya barqaror va beqaror appersepsiyaga ajratiladi. Barqaror appersepsiya shaxsning dunyoqarashi, qat’iy maslagi, ideali, pozitsiyasi, motivatsiyasi, qiziqishi, bilim saviyasi, madaniy darajasi, xulq-atvori, ma’naviyati va kasbiy tayyorgarligiga bog‘liq o‘ta murakkab hodisadir. Beqaror appersepsiya esa shaxsning idrok qilish jarayonidagi emotsional holati, ya’ni uning kayfiyati, g‘ayrat-shijoati, his-tuyg‘ularida o‘z ifodasini topadi. Idrok vaqt (zamon), harakat, fazo (makon) yordamida atrof-muhit, biosfera va ijtimoiy turmushning mohiyatiga daxldor axborotlarni qabul qilib turadi. Narsa va hodisalarning yashash shakli, uzluksiz harakatda bo‘lishi, muayyan obyektiv vaqt birligida hukm surishi inson ongida bevosita aks etadi.

 

Idrok etish jarayonida uning fenomenlari (yunoncha phainomenen – noyob, g‘ayriodatiy holat) hodisalarni aks ettirishda ishtirok etadi, masalan: 1) gallyutsinatsiya (lotincha hallycinatio – alahlash, bosinqirash, sarob, ya’ni yo‘q narsalarning ko‘zga ko‘rinishi, eshitilishi, sezilishi); 2) illyuziya (lotincha illysio – xato, adashish, yanglishish); 3) attraksiya (fransuzcha attraction – o‘ziga tortish, mahliyo etish, jalb qilish); 4) yaqqol ko‘rinish (ruscha yasnovideniye – oldindan yaqqol ko‘rish, g‘oyibdan aniq xabar olish) kabilar shular jumlasidandir. Idrokning predmetliligi, yaxlitligi, aniq tarkibiy tuzilmaga ega ekani (strukturaviyligi), konstantligi (o‘zgarmasligi), anglanganligi, tanlovchanligi uning eng muhim xususiyatlaridir. Idrok muayyan turlarga, bosqichlarga (persepsiya, appersepsiya, antisipatsiya – oldindan payqash; refleksiya – tushunish, anglash; subsensor, subseptiv, sensomotor va hokazo), qonuniyatlarga, mexanizmlarga ega bo‘lgan bilish jarayonidir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 127
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 216
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 426
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 665
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234140
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113425
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67891
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56843
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51278
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39503
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39363
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39125
“Avesto”

//