Zo‘rlik


Saqlash
15:06 / 14.06.2023 0 773

Zo‘rlik – insonning yuksak ma’naviyat tamoyillariga zid faoliyat shakli; davlat va jamiyatni itoatda saqlab turish yoki kuch bilan o‘zgartirish harakatini izohlaydigan hodisa. Ijtimoiy fanlar tarixida ko‘plab zo‘rlik nazariyalari yaratilgan. Ularda odamlar orasida va hayotda uchrab turadigan oddiy zo‘rlik ko‘rinishidan tortib, bosqinchilik, terror, urush va inqiloblar bilan bog‘liq tushuncha va tamoyillarni qamrab olgan qarashlar uchraydi. Zo‘rlikning kelib chiqishi va asl tabiati haqidagi ilmiy-nazariy fikr-mulohazalar qadimdan turlicha va ular xilma-xil tarzda talqin etib kelingan. Ba’zi bir ilohiyotchilar zo‘rlikni ilohiy kuch-qudrat ramzi sifatida ta’riflab, bunday kuch odamlarning irodasini ma’lum chegaralardan chiqib ketmasligi uchun xizmat qiladi, deb uqtirganlar. XIX asrga kelib, bu boradagi turli nazariyalarni yaratish avj oldi. Chunki o‘sha davrda ijtimoiy munosabatlarning muayyan ziddiyatli holatini bartaraf etish yoki uni o‘zgartirish uchun kurash maqsadida zo‘rlik ishlatish nisbatan kuchayib ketgan edi. Zo‘rlik nazariyasiga ko‘ra, ijtimoiy tengsizlik, ayrimlarning boshqalarga zo‘rlik qilishi natijasida paydo bo‘lgan. Chunonchi, jamiyatshunos Dyuring turli sinflarning paydo bo‘lishi jamiyatning bir qismini boshqa qismiga zo‘rlik qilishi bilan bog‘liq, degan fikrni olg‘a surgan bo‘lsa, avstraliyalik sotsiolog L.Gumpilovich zo‘rlikni g‘oliblarning mag‘lublar ustidan o‘rnatilgan hukmronligi deb hisoblaydi. Ba’zi Gʻarb tarixchilari esa kuchliroq qabila boshqa qabilalarni asoratga solishini zo‘rlikning paydo bo‘lishi uchun hal qiluvchi sabab deb tushuntirganlar. Tarixda zo‘rlik nazariyasini mustamlakachi va militaristik davlatlar o‘zlarining bosqinchilik va zo‘ravonlik siyosatlarini amalga oshirish maqsadida tatbiq etgan. Bugun esa, diniy-ekstremistik va terrorchi kuchlar o‘z qabih maqsadlarini oqlab ko‘rsatish uchun turlicha zo‘rlik nazariyalaridan foydalanishga harakat qilmoqdalar.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 127
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 216
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 426
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 665
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234140
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113425
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67891
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56843
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51278
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39503
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39363
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39125
“Avesto”

//