Zukko


Saqlash
15:06 / 14.06.2023 0 846

Zukko (arabcha aqlli, zehni o‘tkir; idrokli, donishmand) – donolik, aqllilikni ifodalaydigan insoniy fazilat sohibini anglatuvchi tushuncha. Aniq fikrli, teran tafakkurli, ziyrak, "yetti o‘lchab, bir kesadigan", chuqur o‘ylab ish ko‘radigan kishini zukko odam deyishadi. Zukkolik insonga xos ma’naviy fazilatlardan biri bo‘lib, ibratga loyiqdir. Chunki zukko kishilar har bir ishning ostida yashiringan ma’nolarni, uning oqibatlarini chuqur his etadilar. Zukkolikning ozig‘i – ilmuma’rifat. Ammo o‘z bilimlarini hayotda to‘g‘ri qo‘llay bilgan farosat egasigina zukko inson darajasiga ko‘tarila oladi. "Donoga ilm – ilm, nodonga esiz ilm", deydi xalqimiz. Shuning uchun ham Forobiy "Fozil odamlar shahri" asarida inson ega bo‘lishi lozim bo‘lgan fazilatlar ichida zukkolikka alohida e’tibor qaratgan. Vatan va millat kelajagi haqida qayg‘urgan A.Avloniy ham kelajak zukko kishilar qo‘lida ekanini qayta-qayta ta’kidlagan: "Hushyor va ziyrak kishilar kuch va quvvatlari bor vaqtida keladurgan zamonlarni tushunib, pul va mollarini o‘rinsiz yerlarga, to‘y va ma’rakalarga haddan ortuqcha isrof qilmaslar, o‘zlarining rohati, bola-chaqalarining saodati uchun kerak bo‘ladurgan yer va bog‘larini sotmaslar, zamonaga muvofiq kishi qilmak to‘g‘risida oqchalarini aslo qizg‘onmaslar". Zukko kishi har bir gapini o‘rni, vaqti, joyini topib gapiradi, so‘zlarini behuda sarflamaydi, yomon so‘z bilan o‘zgalarning dilini og‘ritmaydi: "Har kishining fikr, idrokin so‘zi bildirg‘usi, Pistai bemag‘z, agar lab ochsa, rasvo bo‘lg‘usi" (A.Avloniy). Xalq doimo zukko odamlarni qadrlagan, ularni ibrat qilib ko‘rsatgan, zukkolikni donolikning bosh belgisi deb bilgan. Bunga o‘zbek xalqining ko‘plab maqollari, hikmatlari misol bo‘la oladi, jumladan: "Dono hikmat keltirar, nodon – kulfat", "Yigitning zehnli bo‘lgani – adashmay yo‘lidan yurgani" va hokazo. Xalq farovonligi va jamiyat barqarorligi fuqaro va rahbarlarning aqlu farosati, zukkoligiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Zero, zehnli, zukko odam keng fikrlaydi, har bir ishning oxirini o‘ylab harakat qiladi va o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida, aql bilan ado etadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 396
Ko‘rpacha

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 612
Qahramon



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 230100
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 111003
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 61759
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 50950
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 46371
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 37949
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 36008
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 32904
Kompetentlik

//