Bilasizmi?
Ziyoli – ma’naviy barkamol inson, ilmli, o‘qimishli, ma’rifatli shaxs ma’nolarini anglatuvchi tushuncha. Ba’zida kundalik hayotda ziyoliga nisbatan "intelligent" iborasi qo‘llanadi. Bunda ko‘proq o‘sha shaxsning bilim doirasi, tafakkuri, qolaversa, madaniy darajasi nazarda tutiladi. Zero, "intelligent" atamasi "intellekt", ya’ni aql bilan bog‘liq va demakki, aslida o‘zbeklarning "oqil", "aql egasi" degan so‘zlari bilan ma’nodosh. Xalqimiz tarixida ziyoli, ma’rifatli kishilar ko‘p bo‘lganini yaxshi bilamiz. Ular o‘rtasida o‘qituvchi va murabbiylar, ustozlarning o‘rni va ahamiyati katta. Chinakam ziyoli faqat aql va bilim emas, qalb va ma’naviyat egasi ham bo‘lmog‘i zarur. Umuman olganda, ziyoli deganda, insonga, ayniqsa, yoshlarga har tomonlama ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi shaxslar tushunilib, ular turli sohalarga mansub bo‘lishlari mumkin. Ko‘pincha, hayotda ta’lim-tarbiya, ilm-fan, sog‘liqni saqlash, davlat xizmati tizimlarida faoliyat ko‘rsatayotgan fuqarolar ham ziyoli sifatida tushuniladi. Shuningdek, ziyoli shaxsga nisbatan tarixda o‘ziga xos talablar mavjud bo‘lgan. U oqil, dono va ma’rifatli bo‘lsagina, butun vujudi, xatti-harakati, ijodiy faoliyati bilan ziyo va ezgulik tarata olsagina, ziyoli deb ataladi. Ziyoli insonlar, o‘qituvchi va murabbiylar, ma’rifiy va ma’naviy masalalar bo‘yicha mas’ul xodimlar, ilm-fan mutaxassislarining o‘z vaqtida berayotgan amaliy yordamlari, to‘g‘ri va o‘rinli maslahatlari tufayli mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalik, o‘zaro mehr-oqibat tuyg‘ulari kuchayib bormoqda. Ayniqsa, yoshlarning mustaqil hayotga kirib borishi va jamiyatdan o‘ziga munosib o‘rin topishida ziyolilar faoliyatining ahamiyati katta bo‘lmoqda.
Ziyoli mas’uliyati – insonning yuksak ma’naviy talablarga mos xususiyati, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, fazilatlar, bilimlarni mujassamlashtirgan ma’rifatli odamning o‘z sohasi, oilasi, jamoasi, xalqi, Vatani, millati oldidagi burchini anglashi, o‘z hayoti va faoliyatini shu burchni ado etishga og‘ishmay safarbar etishini anglatuvchi tushuncha. Ziyoli mas’uliyati insonda ezgu maqsadlarga safarbarlik hissini paydo qiladi. Barcha zamonlarda Ziyoli mas’uliyatini sezish jamiyatning rivojlanishi, ilm-fan taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatgani shubhasiz. Bugungi kunda ham aholi, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongida Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, Xalq farovonligi g‘oyalariga sadoqat uyg‘otishda Ziyoli mas’uliyatini oshirish bilan bog‘liq masala nihoyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda yangicha qadriyatlar va demokratik tamoyillar mohiyatiga, o‘z turmush va tafakkur tarzimizga mos, mamlakatimizda barpo etilayotgan erkin fuqarolik jamiyati talablariga javob beradigan munosabatlarning asosiy mezonlaridan biriga aylanishi darkor. Ayniqsa, bugungi murakkab jarayonlarni, turli begona g‘oya va buzg‘unchi mafkuralar tahdidini har jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash, ularning ustuvor yo‘nalishlarini, kimga va nimaga qarshi qaratilganini aniqlash, aholi turli qatlamlariga ta’sirini o‘rganish, milliy manfaatlarimiz, hayot tarzimizga zid bo‘lgan xurujlarning mohiyatini ochib berish, fuqarolarimiz qalbida milliy tafakkur va sog‘lom dunyoqarash asoslarini mustahkamlash bilan bog‘liq vazifalar bugungi ziyoli mas’uliyatini belgilovchi asosiy omillardir. Bu esa fuqarolarimizni o‘z mustaqil fikriga ega, turli ma’naviy xurujlarga qarshi sobit tura olishga qodir bo‘lgan, irodali, fidoyi va vatanparvar insonlar etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bilasizmi?
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Hikmat
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
//
Izoh yo‘q