Zararli ta’sirlar. Zararli g‘oyalar


Saqlash
15:06 / 13.06.2023 0 846

Zararli ta’sirlar – jamiyat, millat, davlat taraqqiyotini, insonlar faoliyati, ongi va tafakkurini izdan chiqarishga qaratilgan urinishlar, xatti-harakatlar majmuini ifodalaydigan tushuncha. Zararli ta’sirlarning zamonaviy uslublari: ma’naviy tahdid, axborot maydonlarini egallab olish, mafkuraviy xuruj, buzg‘unchilik harakatlarini qo‘llash orqali kelajakka ishonchsizlik uyg‘otishga, davlat siyosatini obro‘sizlantirishga, odamlarning o‘zini Vatan, millat himoyasidan chetga tortishga harakat qilish va shu kabilar. Zararli ta’sirlar o‘tkazishni maqsad qilib olgan yovuz kuchlar biror xususiy misolni umumlashtirish, yolg‘onni haqiqatga o‘xshatib tasvirlash, kichik xatolardan katta muammolar mavjudligini ko‘rsatish, yolg‘onni takrorlayverish, shaxsiy manfaatlarni birinchi o‘ringa qo‘yish, hokimiyatni xalqqa yomon ko‘rsatish, millat dushmanlariga rahmdillik, hamfikrlik tuyg‘ularini uyg‘otish, rostni yolg‘onga aylantirishga harakat qiladi. Muayyan davlat, jamiyat yoki hudud nuqtai nazaridan, avvalo, ikki xil, ya’ni ichki va tashqi zararli ta’sirlarni ajratish mumkin. Ularning obyektiv va subyektiv, tarixiy (an’anaviy) va zamonaviy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, mafkuraviy shakllari ham bor. Hozirgi davrda mintaqaviy, global, texnogen zararli ta’sirlar mavjudligi, ularning oqibati to‘g‘risida xilma-xil fikr va qarashlar bayon qilinmoqda. Keyingi yillarda zararli ta’sirlarning ma’naviy sohadagi oqibati va ularning oldini olish, ularga nisbatan immunitet hosil qilish masalalariga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Zero, har qanday jamiyat bunday makkor kuchlarning ta’sirini yengishi uchun o‘zida ogohlik, mafkuraviy xavfsizlik, vatanparvarlik, umummilliy birlik kabi ijtimoiy sifatlarga ega bo‘lishi lozimligi tarixiy zaruratdir.

 

Zararli g‘oyalar – har qanday inson xalq, jamiyat, davlatning tub manfaatlariga zid bo‘lgan, ularni taraqqiyotdan qaytarib, o‘z izmiga solish maqsadida chetdan tazyiq yo‘li bilan kiritiladigan begona g‘oyalar yig‘indisi. Zararli g‘oyalar jamiyat tanazzuliga sabab bo‘ladi, g‘ayriinsoniy maqsadlarga xizmat qiladi. Zararli g‘oyalar, mohiyatan, yovuz kuchlar faoliyati hamda hukmronligini ifodalaydi. Bunday g‘oyalarga irqchilik, fashizm, terrorizm, mustamlakachilik misol bo‘ladi. Bunday g‘oyalar insoniyat tarixida o‘ta salbiy rol o‘ynagan, lekin hozirgi kunda ham mavjud. Zararli g‘oyalar inson tabiatiga zid bo‘lib, uni salbiy tomonga o‘zgartiradi, unda nosog‘lom turmush tarzini shakllantiradi, uning dunyoqarashida qaramlik, tobelik, mutelik muhitini shakllantiradi. Milliy tafakkur tarzini o‘z negizlaridan begonalashtiradi, yot urf-odat va an’analarni targ‘ib qiladi, ularning kirib kelishiga muhit yaratadi, mamlakatni, xalqni o‘z milliy qadriyatlaridan, oxir-oqibat o‘z taraqqiyot yo‘lidan chetlashtiradi, jamtiyatda millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglikka rahna solib, parokandalikka olib keladi. Shu ma’noda, zararli g‘oyalarga nisbatan ma’naviy immunitetni shakllantirish va mustahkamlash – ma’naviyati boy, erkin fikrlovchi, faol yosh avlod tarbiyasining muhim yo‘nalishidir. Bugungi kunda inson ma’naviyatiga, xalqimizning turmush tarziga, ruhiyatiga nisbatan qilinayotgan g‘oyaviy xurujlarning usullari tobora faollashib borayotganini aytib o‘tish joiz. Zararli g‘oyalarni turli kinofilmlar, TV ko‘rsatuvlari va radio eshittirishlari shaklida, gazeta-jurnallar, Internet tarmog‘i va boshqa yo‘nalishlarda uzluksiz ravishda tiqishtirib, milliy qadriyatlarni barbod etishga, odamlarni soxta g‘oyalarning ta’siri ostiga olishga muntazam harakat qilinayotgani sababli ma’naviy tarbiya va g‘oyaviy ishlarini tizimli ravishda, muntazam olib borish zarur.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:11 / 21.11.2024 0 146
“Tarif”ning ta’rifi va tarixi

Qatra

17:11 / 21.11.2024 0 391
Yoshlar yomonlanadigan davralarda o‘tirmayman

Bilasizmi?

10:11 / 20.11.2024 0 151
“O‘dag‘a”ning o‘dag‘aylagani

Qatra

21:11 / 11.11.2024 0 223
Moʻjizaning bahosi

Qatra

15:11 / 08.11.2024 0 534
Ota va yetti o‘g‘il hikoyasi

Bilasizmi?

23:11 / 01.11.2024 0 956
“Birpas”mi, “ikkipas”?..



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 218756
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 104497
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 34191
Milliy urf-odatlar

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 27316
Kompetentlik

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 26571
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 25165
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 24861
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 21750
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//