Bilasizmi?
Zarar (arabcha yomon ta’sir yoki ziyon, shikast, zahmat) – bir shaxsga yoki davlatga, jamiyatga, jamoaga va boshqaga ikkinchi shaxs tomonidan yetkaziladigan ziyonni anglatuvchi tushuncha. Zarar ikki xil tarzda yetkazilishi mumkin: moddiy va ma’naviy. Moddiy zarar – mol-mulkka yetkazilgan ziyon bo‘lsa, ma’naviy zarar esa shaxsning hayoti va sog‘lig‘iga, obro‘siga putur yetkazishdir. Shaxsga yetkazilgan ma’naviy zarar uning jamiyatdagi mavqei, jamoatchilik o‘rtasidagi obro‘yi, hurmat-e’tiboriga salbiy ta’sir etadi. Kek saqlaydigan, faqat o‘ch olish niyati bilan yashaydigan dili qora, hamisha qalbida boshqalarga zarar yetkazishni o‘ylaydigan kishilar oxir-oqibat bunday hodisalarning sababchisidir. Boshqalarga zarar yetkazadigan kishilar qalbi pok, oqko‘ngil insonning qo‘yniga kirib olib, so‘ngra ularga zarar yetkazishga harakat qilishadi. El nazariga tushgan boobro‘ odamga hasad qilib, unga zarar yetkazishga intiladigan kishi nodonni eslatadi. Bunda ular o‘zlariga ig‘vogarlikni qurol qilib olishadi. Ig‘vogarlar hamma yerda va har qanday vaziyatda o‘zgalarga ziyon yetkazishga harakat qilishadi. Yaxshilikni yomonlikdan ajrata olmaydigan kishilarning foydasidan ko‘ra zarari ko‘proqdir. Bilimli, tarbiyali kishi boshqalarga zarar yetkazmaydi. Chunki ular yaxshilik va yomonlikni farqlay bilishadi. Har qanday zararli ishni ko‘ra bila turib, uning oldini olish o‘rniga, uni qo‘llab-quvvatlab turadiganlar jamiyat uchun eng zararli kishilardir. Oqil kishi nodon bilan vaqtini bekorga o‘tkazmaydi, chunki nodonning ishi ham, so‘zi ham zararli ekanini yaxshi biladi.
Zararli odatlar – shaxs yoki butun bir millat, jamiyatga tegishli ma’naviy, madaniy, moddiy o‘zaro munosabatlar, dunyoqarash va hokazo nuqtai nazaridan g‘ayriinsoniy yoki g‘ayriodatiy deb bilinadigan xususiyatlarni ifodalovchi tushuncha. Zararli odatlar insonning ma’naviyat talablarini yaxshi anglamagani, ma’naviy tamoyillarga rioya qilmagani, noto‘g‘ri tarbiyalangani oqibatida kelib chiqadi. Inson bilim olar ekan, o‘rgangan bilimlarining bir qismi butun hayoti davomida uning doimiy amaliy ko‘nikmalariga aylana boradi. Shunga ko‘ra, zararli odatlar inson hayotining xohlagan vaqtida shakllanishini kuzatish mumkin. Biroq inson umri bolalik va o‘smirlik, yoshlik, o‘rta yoshlik va keksalikdan iborat to‘rt qismga bo‘linib (Forobiy, Yusuf Xos Hojib, Navoiy), uning birinchi ikki qismida ko‘nikmalarning hosil bo‘lishi ko‘proq jismoniy va kamroq aqliy xarakterga ega bo‘ladi. Uchinchi va to‘rtinchi qismida esa ko‘proq aqliy va kamroq jismoniy mohiyat kasb etadi. Shunga qaramay, inson ongining faollashuvi zararli odatlarning yo‘qolishi yoki aksincha, mukammallashuvini keltirib chiqaradi. Shu jihatga ko‘ra, inson umrining dastlabki ikki qismida uning tarbiyasiga katta ahamiyat qaratiladi. Muayyan shaxsga tegishli zararli odatlar individual yoki ijtimoiy tarzda namoyon bo‘lishi mumkin. Bunda shaxsning zararli odatlari uning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, shaxsning ijtimoiy hayotdagi o‘rni past darajada bo‘lsa, loqaydlik, dangasalik, o‘g‘irlik kabi zararli odatlar individual xususiyatga ega bo‘ladi, aksincha, baland darajada bo‘lsa, zararli odatlarning ijtimoiy xarakter kasb etishiga olib kelishi mumkin. Ana shu jihatlariga ko‘ra, zararli odatlar milliy, ijtimoiy, mintaqaviy yoki umuminsoniy ko‘rinishga ega bo‘ladi. Zararli odatlarning shakllanishiga turli omillar sabab bo‘ladi, biroq uning ijtimoiy darajada ildiz otishida insonning iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, madaniy, ma’naviy-ruhiy mavqei muhim o‘rin tutadi. Shuningdek, zararli odatlar jins, irq, tabiat, an’analarga munosabatlarda ham namoyon bo‘lishi mumkin. Masalan, "Avesto"da suv, tuproq, havoni ifloslantirish, hayvonlarni qirish, o‘simliklarni yo‘q qilish zararligi qayd etilgan. Zararli odatlar ba’zan jamiyat taraqqiyotiga, insoniy munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan xatti-harakatlar, ko‘nikmalar majmui tarzida ham namoyon bo‘ladi. Masalan, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, hurmatsizlik, loqaydlik, beparvolik, giyohvandlik, mansabparastlik, manmanlik, chekish, spirtli ichimliklar iste’mol qilish, qonunlarga rioya etmaslik kabilar aynan zararli odatlarlar hisoblanadi. Hasad va baxillik, ko‘rolmaslik tufayli olis va yaqin tariximizda nene buyuk zotlar azob-uqubatlarni boshdan kechirgani, sog‘lig‘i, hatto hayotidan judo bo‘lganini achchiq misollarda ko‘rish mumkin. Odam zod va jamiyat hayotida og‘ir asoratlar qoldiradigan hasad tuyg‘usi, avvalambor, boshqalarni ko‘rolmaslik, insonning yutug‘idan quvonish o‘rniga qandaydir kuyinish, ichiqoralik kabi zararli odatlarlar insoniylikka mutlaqo zid bo‘lgan jirkanch odat sifatida xarakterlanadi. Bunday zararli odatlarga qarshi kurashish uchun har bir fuqaro tafakkurida yuksak ma’naviy fazilatlarni shakllantirish lozim. Bugungi murakkab va shiddat bilan rivojlanib borayotgan davrda Zararli odatlarni atroflicha tahlil qilish va baholash, ularning aholiga ta’sirini o‘rganish milliy manfaatlarimiz va qadriyatlarimizga, hayot tarzimizga zid bo‘lgan tomonlarini ochib berish, fuqarolarimiz qalbida milliy tafakkur va sog‘lom dunyoqarash asoslarini mustahkamlash alohida ahamiyat kasb etadi. Faqat ana shunday asosda yoshlarni o‘z fikriga ega, turli ma’naviy xurujlarga qarshi sobit tura olishga qodir, mustahkam irodali va vatanparvar insonlar etib tarbiyalashga erishish mumkin.
Bilasizmi?
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Hikmat
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
//
Izoh yo‘q