Zamonaviylik


Saqlash
16:06 / 12.06.2023 1 4539

Zamonaviylik – muayyan zamon o‘zgarishlari va davr da’vatini, taraqqiyot talablarining mazmun-mohiyatini chuqur his etib yashash; hayotda har tomonlama o‘tkir va dolzarb ahamiyat kasb etayotgan masalalar, davrning o‘zi kun tartibiga keskin qilib qo‘yayotgan yangi vazifalarni bajarish borasidagi hozirjavoblikni anglatadigan tushuncha. Ushbu tushuncha bugungi avlodning o‘zi boshidan kechirayotgan aniq tarixiy vaqt kesimi bilan hamnafas, hamfikr ekanini, o‘zini o‘tmish, bugungi kun va qolaversa, kelajak oldida mas’ulligini anglashi, zamonaviy hodisalarni aniq tasavvur qila olish qobiliyatini ifodalaydi. Zamonning barcha talablarini chuqur his etish, ya’ni tarixni yaxshi bilish va his etish, bugungi kun xususiyatlarini teran anglash va faol bo‘lish, kelajakni yaxshi tasavvur etish va aniq maqsadga ega bo‘lish – bularning barchasi shaxs ma’naviyatining muhim ko‘rsatkichlaridir. Demak, aynan shunday salohiyatga ega bo‘lgan kishilargina zamonaviy tafakkurga ega bo‘lishi va o‘z kelajagiga chuqur ishonch bilan qaray olishi mumkin.

1 Izoh

Marjona

15:05 / 15.05.2024

Rahmat foydasi tegdi

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 396
Ko‘rpacha

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 612
Qahramon



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 230100
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 111003
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 61759
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 50950
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 46370
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 37949
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 36008
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 32904
Kompetentlik

//