Bilasizmi?
Jinsiy tarbiya – insonda jins, jinsiy hayot masalasiga nisbatan ma’nan barkamollik xislatlarini, sog‘lom munosabatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy-ma’naviy, tibbiy va tarbiyaviy ta’sir majmuasidir. Jinsiy tarbiyaning vazifasi – ulg‘ayayotgan avlodni har tomonlama ma’naviy yetuk inson qilib tarbiyalashga, o‘z jinsiga oid xulqni to‘la-to‘kis o‘zlashtirishga va keyinchalik insoniy vazifalarni to‘laqonli ijro eta olish malakasini shakllantirishga, bo‘lajak nikoh va oilaviy hayotning fiziologik va ma’naviy asoslarini shakllantirishga ko‘maklashishdir. Jinsiy tarbiya bolalarning jinsiy balog‘atga yetishidan ancha avval boshlanadi va uni jinsiy hayot masalasiga oid targ‘ibotdan farqlash lozim. Jinsiy hayot masalasi bo‘yicha targ‘ibot ishlari bolalarning o‘smirligi davridan, taxminan 8-sinfdan boshlanadi va bunda o‘smirlar bilan jinsiy hayot, jins fiziologiyasi, sanitariya-gigiyenasi kabi masalalar muhokama qilinadi. Jinsiy tarbiya ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy tamoyillariga suyanadi. Ushbu jarayon, avvalambor, ta’lim-tarbiya muassasasi olib borayotgan tarbiyaviy ishlar doirasida va bolaning jinsi, yoshi va uning tayyorgarligi asosida olib borilishi lozim. Jinsiy tarbiya samaradorligini belgilovchi asosiy shartlardan biri – ota-ona, pedagog-tarbiyachilar va tibbiyot xodimlarini yakdillik bilan olib boradigan faoliyatidir. Jinsiy hayotga oid masalalarni muhokama etish qanchalik murakkab, nozik bo‘lmasin, tibbiyot xodimlari, pedagoglar, ota-onalar ularni muhokama qilishdan o‘zlarini olib qochmasliklari va yoshlar qiziqqan har bir savolga to‘g‘ri va oqilona javob bera olishlari lozim.
Jinsiy tarbiyani shartli ravishda bir nechta bosqichlarga bo‘lish mumkin. Bolalarda oddiy gigiyenik ko‘nikmalarni va salomatlikka oid xulq ko‘rinishlarini shakllantirish lozim. Badanni chiniqtirish, to‘g‘ri ovqatlanish organizm salomatligini ta’minlagan holda bolaning jinsiy jihatdan sog‘lom ulg‘ayishini ta’minlaydi. Oilada o‘zaro hurmat va muhabbatga asoslangan ma’naviy muhitni yaratish nihoyatda muhimdir. Kichik yoshdagi bolalarning jinsiy tarbiyasida ularning fiziologik va psixologik xususiyatlarini hisobga olish lozim. Jinsiy tarbiyani to‘g‘ri yo‘naltirish hamda o‘g‘il va qiz bola o‘rtasida o‘rinli munosabatlarni shakllantirish uchun bolada uyatchanlik, o‘zini tiyish, doimo yordamga tayyorlik kabi ma’naviy fazilatlarni shakllantirish lozim. Jinsiy ulg‘ayish davridagi jinsiy tarbiya o‘ta murakkab bo‘lib, bunda bolaga nisbatan e’tiborli munosabatda bo‘lgan holda uning organizmidagi o‘zgarishlarni, bolaga xos bo‘lgan shaxsiy sifatlarni nazarda tutish lozim. Shu jihatdan, bolada o‘zga jins vakillariga nisbatan munosabat madaniyatini shakllantirish kattalar oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Kattalar faqatgina gigiyenik maslahatlar bilan cheklanib qolmasdan, balki bola organizmida bo‘lib o‘tayotgan o‘zgarishlar haqida yoshlarga ko‘proq ma’lumot berib borishlari lozim. O‘smirlik yoshidagi jinsiy tarbiyaning asosiy negizlaridan biri o‘g‘il yoki qizda "haqiqiy erkak" va "haqiqiy ayol" haqidagi aniq tasavvurlarni shakllantirishdir. O‘smir bu tushunchalarning nafaqat mohiyatini bilishi, balki ularni o‘z hayot tamoyiliga aylantirishi juda muhimdir.
O‘smir jinsiy tarbiyasiga bolani o‘rab turgan muhit, kitoblar, kino, TV va Internet ham ta’sir etadi. Ushbu omillarni tanlashda ham ota-onalar turlicha yo‘l tutadilar. Ayrim ota-onalar bolaga tashqi omillar ta’sirini taqiqlash yo‘lidan borsa, boshqalari esa bolada oqil tanlov malakasini shakllantirishga intiladi. Har qanday holatda ham bola o‘zini qiziqtirgan ma’lumotga ega bo‘ladi, bu tabiiy jarayonni to‘xtatib bo‘lmaydi. Lekin, eng asosiysi – ota-ona va farzand o‘rtasidagi ishonch muhitini saqlab qolish va zarur bo‘lgan paytda farzand ota-onasiga murojaat eta oladimi yoki yo‘qmi, degan murakkab savol javobsiz qolib ketmasligidadir. O‘smirlik yoshida bola qalbida uzoq vaqtgacha salbiy iz qoldiruvchi ko‘ngilsizliklarning yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Bunday ko‘ngilsizliklar insonning nafaqat yoshligi, balki ulg‘aygan davridagi hayotida, bo‘lajak oilaviy munosabatlarida ham aks etgan holda uning taqdiriga bir umr o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Oiladagi o‘g‘il bolalar singil va opalariga bo‘lgan munosabat orqali umuman ayollarga nisbatan munosabat me’yorlarini o‘zlashtiradilar. Otaning qiz farzandlarga va onaga bo‘lgan munosabati o‘g‘il bola uchun namuna bo‘lib hisoblanadi. Xuddi shuningdek, onaning otaga hurmatli munosabati qizlarning kelajakda o‘z turmush o‘rtog‘iga bo‘lgan munosabati namunasidir. Ayni paytda, shunday munosabat orqali o‘g‘il farzand ham oiladagi o‘z o‘rni va rolini anglab boradi hamda shunga mos ravishda ulg‘ayadi. Aynan shu omil ota-onaning oilaviy hayotdagi va bola jinsiy tarbiyasidagi mas’uliyatlari qanchalik yuksakligini belgilaydi.
Bilasizmi?
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Hikmat
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
//
1 Izoh
Dinara
22:10 / 25.10.2023
Hamma nazariyani bilish mumkin,